Sönggi rasmiy ma’lumotlarga köra, rossiyaliklarning Dniproga yöllagan raketa zarbasi oqibatida 45 kişi halok bölgan. 14 yanvar kuni amalga oşirilgan hujum tufayli töqqiz qavatli uyning ikkita pod’yezdi qulab tuşgan.
16 yanvar kuni Ukraina IIV 36 kişi halok bölgani (jumladan ikki bola ham), yana 75 kişi jabrlangani (ulardan 15 nafari bolalar) haqida ma’lumot berdi. 39 kişi qutqarilgan, şundan olti nafari bolalar. Yana 30 ga yaqin kişi taqdiri noma’lum bölib qolmoqda.
Dnipropetrovsk oblasti kengaşi raisi Nikolay Lukaşukning ma’lum qilişiça, uyda 72 kvartira vayron bölgan, yana 230 tasi şikastlangan. Uning sözlariga köra, 16 yanvar kuniga kelib voqea joyidan 7,4 ming tonnadan ortiq vayron bölgan konstruksiyalar olib çiqilgan. Qutqaruvçilar odamlarni qidiriş işlarini davom ettirişgan, qidiruv-qutqaruv işlariga 500 dan ortiq kişi va 140 dona texnika jalb etilgan.
Volodimir Zelenskiy Dniproga zarbadan keyin rossiyaliklarga murojaat qildi. Uruşning 326-kuni yakunlari böyiça 15 yanvar kuni keçqurun qilingan videomurojaatda Ukraina prezidenti ukrain tilidan rus tilida gapirişga ötgan va rossiyaliklarning «qörqoqlarça sukut saqlayotgani» haqida gapirgan.
«Rossiyadagi — va Rossiyadan bölganlarning barçasiga qarata aytmoqçiman, — endi ham bu terrorni qoralaş uçun bir neça oğiz söz aytolmaganlarga. Holbuki ular barçasini körib va bilib turişibdi. Sizning qörqoqlarça jimlik saqlaşingiz, bölayotgan voqealarning ötişini poylab turişga urinişingiz oqibatida bu terrorçilar bir kun kelib sizning ham izingizdan tuşadi. Yovuzlik qörqoqlikka juda sezgir, yovuzlik undan qörqqanlarni va savdolaşişga harakat qilganlarni doimo yodda tutadi. Va sizning oldingizga kelganda esa himoya qiladigan heç kim bölmaydi», — degan Zelenskiy.
Rossiya Dniprodagi turar joyga zarbaga aloqadorligini rad etmoqda. RF mudofaa vazirligi vakili Igor Konaşenkov 15 yanvar kungi brifingda Ukraina böylab berilgan yoppa zarbalarni izohlar ekan, Dniproni tilga olmadi. «14 yanvar kuni Ukraina harbiy boşqaruv tizimiga va u bilan aloqador energetika obektlariga zarbalar yöllandi. Barça belgilangan obektlar aniq nişonga olindi. Zarbalardan közlangan maqsadga erişildi», — degan Konaşenkov tafsilotlarni keltirmagan holda.
RF prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov 16 yanvar kungi brifingda Rossiya qurolli kuçlari aholi turar joylariga emas, «oçiq yoki maskirovka qilingan harbiy nişonlar»ga zarba berişini aytdi. «Siz özingiz Ukraina tomonining ayrim vakillari xulosalarini kördingiz, ularda bu fojia qarşi raketa va havo hujumidan mudofaa tizimi harakatlari oqibati ekani aytilgan», — deya Dmitriy Peskovning sözlarini keltirgan «Interfaks».
Aftidan, Kremldagilar nomini aytmasdan Ukraina prezidenti ofisi rahbari maslahatçisi Aleksey Arestoviçning sözlarini nazarda tutmoqda. U 14 yanvar kuni rossiyaliklarning tovuş tezligidagi X-22 rusumli qanotli raketasi Ukraina havo hujumidan mudofaa tizimi orqali urib tuşirilgan va şundan keyin u Dniprodagi uyga qulagan bölişi mumkinligini aytgandi. Bu bayonot Rossiyaning köplab naşrlari tomonidan tarqatildi, lekin bu xabarlarda faqat Arestoviçdan iqtibos keltirilgan bölib, köp sonli qurbonlar va jabrlanganlar töğrisida eslab ötilmagan. Ukraina qurolli kuçlari Havo kuçlari esa Rossiyaning bosqini davrida biror marta X-22 raketasi urib tuşirilmaganini ma’lum qildi. Arestoviçning özi avvaliga noaniq formulirovkaga yöl qöyganini tan oldi, keyin esa iste’foga çiqiş uçun ariza yozganini ma’lum qildi.
Dniproga zarba — Ukrainada sönggi yarim yillikda tinç obektga qilingan eng halokatli hujum böldi — oxirgi bor 2022 yil 9 iyulida Rossiya kuçlari Donetsk oblastining Çasiv Yar şahridagi köp qavatli binoga zarba berganida bu qadar köp ölimlar röy bergandi. Öşanda beş qavatli uyning ikki pod’yezdi töliq qulagan, yana bir beş qavatli uy şikastlangandi. Öşanda jami 48 kişi halok bölgan, jumladan bir çaqaloq ham, yana kamida 24 kişi turli darajada tan jarohatlari olgan. RF mudofaa vazirligi Çasiv Yardagi hodisani izohlar ekan, «zarba natijasida uç yuzdan ortiq natsionalist öldirilgani»ni ma’lum qilgandi.













