Mittivine asoschisi Farhod Mannopov vafot etdi
Mittivine yumoristik loyihasi asoschisi, taniqli bloger Farhod Mannopov 27 yoshida vafot etdi.

Foto: SUBeKTIV
Kun.uz marhumning do‘stlaridan olgan ma’lumotga ko‘ra, u jarrohlik amaliyotidan keyin, 5 martga o‘tar kechasi vafot etgan.
Bir necha kun oldin u basseynda suzish jarayonida burnini sindirib olgandi. Shundan so‘ng operatsiya qilingan, ammo komaga tushib qolib, o‘ziga kelmagan.
Instagram'da 1,1 mln obunachisi bo‘lgan Farhod Mannopov o‘zining samimiy vaynlari bilan ko‘plab insonlarga kulgi ulashgan, obunachilari mehrini qozongan edi.
Tahririyat marhumning yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiradi.
UPD. Ma’lum bo‘lishicha, Farhod Mannopov Chilonzor tumanidagi Star Med xususiy klinikasida operatsiya qilingan.
Holat bo‘yicha tekshiruv o‘tkazgan Chilonzor tumani prokuraturasi Jinoyat kodeksining 116-moddasi 4-qismi «a» bandi bilan (Kasb yuzasidan o‘z vazifalarini lozim darajada bajarmaslik odamlarning halok bo‘lishiga olib kelishi) jinoyat ishi qo‘zg‘atdi.
Kun.uz suhbatlashgan prokuratura katta tergovchisi Star Med klinikasida boshqa o‘lim holatlari ham kuzatilganini inkor etmadi. “Tergov siri bo‘lgani sababli bu haqda ma’lumot bera olmaymiz. Tergov yakuni bo‘yicha qonuniy qaror qabul qilinishi ta’minlanadi”, dedi tergovchi Otabek Bekiyev.
Marhumning vafoti yuzasidan sudga oid tibbiy ekspertiza tayinlangan. Sog‘liqni saqlash vazirligi shifokorlarning harakati yuzasidan xizmat tekshiruvlari o‘tkazmoqda.
Tavsiya etamiz
Toshkentda yo‘l o‘rtasidagi birinchi tezyurar yo‘lak qurilishi boshlanadi
O‘zbekiston | 19:08
1 iyundan O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida 30 kunlik vizasiz rejim kuchga kiradi
O‘zbekiston | 17:29
O‘zbekistonliklar eng ko‘p Green Card yutganlar orasida 1-o‘rinni egalladi
Jahon | 22:24 / 12.05.2025
Hindiston va Pokiston: kimning armiyasi kuchliroq?
Jahon | 19:21 / 09.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Xitoyda yo‘lovchi toza havodan nafas olish uchun samolyotning avariyaviy eshigini ochib yubordi
Jahon | 23:29
-
12 may yangiliklari: O‘zbekistonda ro‘y bergan muhim voqea va hodisalar
O‘zbekiston | 22:46
-
O‘zbekistonda binolarning zilzilaga bardoshliligi xorijiy mutaxassislar jalb qilingan holda o‘rganiladi
O‘zbekiston | 22:38
-
Ilon Mask Tesla’ning raqsga tushayotgan roboti videosi bilan bo‘lishdi
Fan-texnika | 22:14
Mavzuga oid

18:33 / 29.11.2024
Bloger Farhod Mannopovning vafotida ikki shifokor aybli deb topildi

20:10 / 24.10.2023
Farhod Mannopov o‘limi bilan bog‘liq sud jarayoni OAV orqali yoritilmaydigan bo‘ldi

17:42 / 27.09.2023
Farhod Mannopovning vafoti bilan bog‘liq jinoyat ishi sudga oshirildi

10:18 / 03.06.2023