Özbekistonlik maşhur vayner Farhod Mannopovning ölimi sabablari mediaolamda keng muhokama qilinmoqda. Operatsiya vaqtida bemorda kuzatilgan xavfli gipertermiya juda kam uçraşi aytilmoqda.

Xususiy klinika mutaxassislari, jumladan, bemorni operatsiya qilgan şifokordan Farhod Mannopov bilan sodir bölgan holatning oldini oliş imkoni bormidi yoki yöq, u boş qismidan yaqinda jarohat olgani ma’lum bölgan bir paytda nima uçun şoşilinç rinoplastika amaliyoti qilingani, bunga qançalik zarurat bölgani haqida izoh olmoqçi edik, biroq buning imkoni bölmadi.

Şu bois boşi kuçli zarb yegan bemor operatsiyadan oldin neyroxirurg va travmatolog körigidan hamda tegişli diagnostik tekşiruvlardan ötib, keyin operatsiya stoliga yotganmi yoki yöq, operatsiya paytida bemorda qon ketiş kuzatilmaganmi, Mannopovning hayotini saqlab qoliş uçun qanday çoralar körilgani haqidagi savollarimiz ham oçiq qoldi.

“Farhod Mannopovning vafoti yuzasidan Çilonzor tumani prokuraturasi tomonidan 5 mart kuni Jinoyat kodeksining 116-moddasi (Kasb yuzasidan öz vazifalarini lozim darajada bajarmaslik) tegişli bandlari tomonidan jinoyat işi qözğatilgan. Hozir dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Şuningdek, kasb yoki xizmat vazifasi lozim darajada bajarilmaganiga oydinlik kiritiş maqsadida Soğliqni saqlaş vazirligiga şifokorlarning harakati yuzasidan xizmat tekşiruvlari tayinlangan. Bundan taşqari, marhumning vafoti yuzasidan sudga oid tibbiy ekspertiza tayinlangan. Mazkur tekşiruvlar böyiça xulosalar olingandan keyin tergov natijasiga köra qöşimça ma’lumot beriladi”, dedi Çilonzor tumani prokuraturasi katta tergovçisi Otabek Bekiyev.

Çilonzor tumani prokuraturasi katta tergovçisi Otabek Bekiyev

Boş prokuraturaning bayonotida vaynerning ölimi böyiça Jinoyat kodeksining 116-moddasi 4-qismi bilan jinoyat işi qözğatilgani ta’kidlanadi. Odatda kasb yuzasidan öz vazifalarini lozim darajada bajarmaslik odamlar ölimiga yoki boşqaça oğir oqibatlarga sabab bölsa, uşbu moddaning şu qismi böyiça iş oçiladi.