Apellyatsiya sudi blogerning ölimiga faqat anesteziolog-şifokor aybdor degan xulosaga kelgan. Sud hujjatida yozilişiça, u aynan operatsiya jarayonida ma’lum muddat telefonda suhbatlaşib ötirgan va Farhod Mannopovning tana harorati kötarilganini öz vaqtida aniqlamagan.

Bloger Farhod Mannopovni ölimi oldidan operatsiya qilgan LOR şifokori apellyatsiya instansiya sudi tomonidan oqlandi. Birinçi instansiya sudi unga 2 yil tibbiyot sohasida LOR şifokori vazifasida işlaş huquqidan mahrum qilgan holda 5 yil muddatga ozodlikni çeklaş jazosi tayinlagandi.

Blogerning ölimi

Kun.uz tanişgan sud hukmida keltirilişiça, Farhod Mannopovni “Star Med Center” xususiy klinikasida operatsiya qilişda qatnaşgan anesteziolog (ism-şarifi tahririyatga ma’lum) telefonda suhbatlaşib ötirgan. Ya’ni u aynan operatsiya vaqtida bemorning umumiy holatini nazorat qilib turiş örniga boşqa şaxslar bilan soat 14:54 da 122 soniya, soat 15:19 da esa 71 soniya operatsiya jarayonlariga boğliq bölmagan holatlar böyiça suhbatlaşib ötirgan. Buning oqibatida anesteziolog Farhod Mannopovning tana harorati kötarilganini öz vaqtida aniqlamagan. Soat 15:40 da bemorning barmoğida bölgan pulsometr işlamay qolganiga gumon qilib, uni boşqa barmoğiga qöygan vaqtida Mannopovning tana harorati 38,7 darajaga kötarilib ketganini keç bilgan. Bunga qadar tana harorati kötarilib borgan bemor organizmida narkoz berilgani sabab metobolik özgarişlar vujudga kelgan. Buning oqibatida Farhod Mannopovning yuragi birinçi marta soat 16:30 da töxtab qolgan va u koma holatiga tuşgan.

Şifokor yöl qöyilgan kamçilikni turli dori vositalarini betartib qöllaş orqali töğrilaşga harakat qilgan. Ammo ular keltirib çiqarişi mumkin bölgan nojöya ta’sirlarni hisobga olmagan. Oqibatda Farhod Mannopovning yuragi ikkinçi marta soat 17:10 da, uçinçi marta soat 17:53 da töxtab qolgan. Şundan söng u çuqur komatoz holatga tuşgan va öziga kelmasdan, ötkir yurak-qon tomir nafas, buyrak va jigar yetişmovçiligi, DVS sindromi, öpka va miya şişi bilan 2023 yil 5 mart kuni soat 3:20 da şu klinikada vafot etgan.

Sud-tibbiy ekspertizasining 2023 yil 30 martdagi xulosasiga köra, Farhod Mannopovning ölimi organizmning oğir darajali anafilaktik şok oqibatida yuz bergan.

Taxmin ostidagi novokain

LOR şifokori dastlabki sud hukmidan norozi bölib, apellyatsiya şikoyati kiritgan. U blogerni töliq tekşiruvdan ötkazgan bölsa-da, sud bunga e’tibor qaratmaganini, sud jarayonida aybi yöqligi öz isbotini topganini, biroq asossiz ravişda ayblanganini aytib, oqlov hukmi çiqarişni söragan.