Boş prokuratura matbuot kotibi Hayot Şamsuddinovning yozişiça, holat böyiça Jinoyat kodeksining 116-moddasi bilan iş oçilgan.
«Çilonzor tumani prokuraturasi tomonidan Farhod Mannopovning vafot etgani yuzasidan tekşiriş ötkazildi.
Holatga aloqador şaxslarni batafsil söroq qiliş, qöp vaqt talab qilinadigan murakkab ekspertizalar tayinlaş va boşqa bir qator tergov harakatlarini ötkazmasdan qonuniy töxtamga keliş imkoni yöqligi sababli Jinoyat kodeksining 116-moddasi (Kasb yuzasidan öz vazifalarini lozim darajada bajarmaslik) 4-qismi «a» bandi bilan jinoyat işi qözğatildi.
Tergov ötkaziş yöli bilan qonuniy qaror qabul qilinişi ta’minlanadi», deyiladi Boş prokuratura matbuot kotibi qoldirgan postda.
Bloger vafotidan keyin uning ölimi operatsiya davomida köp miqdorda narkoz yuboriş bilan boğliq ekani haqida xabarlar tarqaldi. Ammo bu xabarlar tasdiqlangani yöq.








