Boş prokuratura matbuot kotibi Hayot Şamsutdinovning Kun.uz'ga ma’lum qilişiça, jinoyat işi doirasida 2 nafar şaxsga nisbatan Jinoyat kodeksning 116- (Kasb yuzasidan öz vazifalarini lozim darajada bajarmaslik) va 117- (Xavf ostida qoldiriş) moddalari bilan ayb e’lon qilingan.

Taniqli bloger Farhod Mannopov 2023 yil 5 martga ötar keçasi 27 yoşida Star Med klinikasida vafot etgandi. Şundan keyin unda burun operatsiyasini amalga oşirgan Star Med klinikasi faoliyati vaqtinça töxtatilgandi. Iyul oyiga kelib, şifoxonaning litsenziyasi sud tomonidan bekor qilindi.

Soğliqni saqlaş vazirligi tomonidan Star Med klinikasida ötkazilgan tekşiruv natijalariga köra, bemorga tibbiy xizmat körsatgan anesteziolog va reanimatolog, plastik jarroh, laborant şifokor hamda ultratovuş tekşiruvlari şifokorida malakaviy toifa bölmagan.