Jahon | 12:22 / 06.05.2023
20267
1 daqiqa o‘qiladi

Ukraina Kiyev yaqinida «Kinjal» raketasi yo‘q qilinganini tasdiqladi

Ukraina 4 mayga o‘tar kechasi Ukraina Qurolli kuchlari Kiyev viloyatiga hujum chog‘ida Rossiya qo‘shinlari tomonidan uchirilgan «Kinjal» gipertovushli raketasini urib tushirganini rasman e’lon qildi. 

Foto: Rus OAV

Ukraina Qurolli kuchlari Harbiy-havo kuchlari qo‘mondoni general-leytenant Nikolay Oleshchukning so‘zlariga ko‘ra, raketa Amerikaning Patriot havo hujumidan mudofaa tizimi yordamida yo‘q qilingan

«Ukraina xalqini tarixiy voqea bilan tabriklayman! Ha, biz «betakror» «Kinjal»ni urib tushirdik!» - deb yozdi Oleshchuk Telegram-kanalida. 

Bir necha soat oldin Ukraina Qurolli kuchlari Harbiy-havo kuchlari qo‘mondonligi spikeri Yuriy Ignat Defense Express portalining Kiyev uzra «Kinjal» raketasi yo‘q qilingani haqidagi ma’lumotlarini rad etgandi.

«Ushbu raketa qo‘llanilishi ehtimoli bor edi, ammo ballistik raketalar qayd etilmadi», deb tushuntirgandi Harbiy-havo kuchlari qo‘mondonligi vakili Yuriy Ignat «Suspіlne» nashriga.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid