Ukraina Qurolli kuçlari Harbiy-havo kuçlari qömondonligi Defense Express portalining Kiyev uzra «Kinjal» gipertovuşli raketasi yöq qilingani haqidagi ma’lumotini rad etdi.
«Uşbu raketa qöllanilişi ehtimoli bor edi, ammo ballistik raketalar qayd etilmadi», deb tuşuntirdi Harbiy-havo kuçlari qömondonligi vakili Yuriy Ignat «Suspіlne» naşriga.
Avvalroq Ukraina Harbiy-havo kuçlari qömondonligi Kiyev osmonida boşqaruvni yöqotgan Bayraktar uçuvçisiz uçiş apparatini (UUA) urib tuşirgandi.
«4 may soat 20:00 lar atrofida Kiyev viloyatida rejalaştirilgan parvoz vaqtida Bayraktar UUA boşqaruvni yöqotdi. UUAning poytaxt osmonida nazoratsiz qolişi noxuş oqibatlarga olib kelişi mumkinligi sababli mobil öt oçiş guruhlaridan foydalanişga qaror qilindi. Nişon yöq qilindi. Afsuski, bu texnika va bunday holatlar röy bermoqda. Gap texnik nosozlik haqida ketayotgan bölişi mumkin, sabablari aniqlanmoqda», — deyiladi qömondonlik xabarida.
Ukraina poytaxti meri Vitaliy Kliçkoning sözlariga köra, Kiyevning Solomenskiy tumanidagi tört qavatli savdo markazining birinçi qavatida vayronalarning qulaşi yonğinga sabab bölgan.
Portlaş tölqini binoning dekorativ taşqi elementlarini va 150 kvadrat metrgaça bölgan maydondagi oynalarni sindirdi, deb yozadi Kliçko. UUA bölaklari qulagan joyda yonğin tezda öçirildi.


















