Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Maxachqal’adagi portlashda 4 nafar o‘zbekistonlik halok bo‘ldi
Ularning oilalariga Rossiya tomonidan moddiy yordam beriladi.
14 avgust kuni kechqurun Rossiyaning Dog‘iston Respublikasi markazi Maxachqal’a shahridagi avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish stansiyasida portlash ro‘y bergan edi. Unda xorijlik fuqarolar ham jabrlangan.
Qayd qilinishicha, fojia oqibatida to‘rt nafar O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘lgan. Bu haqda Dog‘iston rahbari Sergey Melikov matbuot xizmatiga tayanib, TASS xabar berdi.
«Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Maxachqal’a chekkasida sodir bo‘lgan portlash oqibatida to‘rt nafar O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘lgan. Halok bo‘lganlarning oilalariga 1 million rubl miqdorida yordam ko‘rsatiladi», dedi Dog‘iston rahbarining matbuot xizmati xodimi.
Xabarda o‘zbekistonliklarning ismi-sharifi keltirilmagan.
Portlash oqibatida jami 35 kishi halok bo‘ldi, 119 kishi jarohat oldi. Jabrlanganlar orasida 20 nafar bola bor, ulardan 3 nafari halok bo‘lgan.