Soat 21:50 atrofida Maxaçqal’adan çiqişdagi Novokuli qişloğining Kulinskaya köçasi va Federal şosse çorrahasida joylaşgan avtomobillarga texnik xizmat körsatiş şoxobçasida iş jarayonida portlaş tufayli öt çiqqan, köp ötmay yonğin avtomobillarga yonilği quyiş şoxobçasiga ham tarqalgan.

TASS agentligi favqulodda xizmatlarga tayanib yozişiça, avtozapravkada yonilği töldirilgan sakkizta sisternadan ikkitasi portlab ketgan. Yonğin maydoni 600 kvadrat metrni taşkil etgan. Yonğinni öçirişga uç soat vaqt ketgan. Öt o‘ çiriş işlariga 70 dan ortiq xodim va 20 ta texnika jalb etilgan. Şuningdek voqea joyiga 200 nafarga yaqin politsiyaçi yetib kelgan. Doğiston rahbari qayd etişiça, favqulodda xizmatlar xodimlari harakatlari tufayli «birinçi portlaşdan omon qolgan yonilği baklari yonişi va portlaşining oldi olingan, aks holda oqibatlar bundan ham oğir bölişi mumkin edi». 

Portlaş va yonğinning aniq sabablari hozirça aniqlanmagan. «Huquq-tartibot organlari tekşiruv ötkazmoqda, uning yakunlariga köra adolat qaror topişi va doğistonliklarning xavfsizligi ta’minlanişi uçun barça çoralar köriladi», — degan Melikov. 

Tergovçilarga köra, portlaşga tez alangalanuvçi öğit sabab bölgan bölişi mumkin.

Tergov qömitasi portlaş fakti böyiça ehtiyotsizlik oqibatida ikki yoki undan ortiq şaxsning ölimiga sabab bölgan iste’molçilar hayoti yoki soğliği xavfsizligi talablariga javob bermaydigan xizmatlar körsatiş moddasi (JK 238-modda, 3-qismi) böyiça jinoyat işi qözğatgan.

Doğiston rahbari qurbonlarning oilalariga respublika fondidan moddiy yordam sifatida million rubldan ajratilişini e’lon qilgan. Jarohat olgan fuqarolarga esa, jarohatining jiddiylik darajasiga köra 200 ming rubldan 400 ming rublgaça tovon puli tölab beriladi.

15 avgust kuni butun Doğiston böylab motam e’lon qilindi — davlat bayroqlari tuşiriladi, madaniyat muassasalari va telekanallarga köngiloçir tadbirlar va dasturlarni bekor qiliş tavsiya etilgan.