Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
SamDUning Kattaqo‘rg‘on filiali binosida plita quladi
OTM ma’muriyatining Kun.uz'ga ma’lum qilishicha, hodisada uch nafar qiz jarohat olgan.
Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand davlat universitetining Kattaqo‘rg‘on filiali binosida plita qulab tushgani va talabalarni bosib qolgani haqida xabarlar tarqaldi.
Hodisa majlislar zalida yig‘ilish o‘tkazilayotgan paytda sodir bo‘lgan.
Kun.uz muxbirining universitet ma’muriyatiga tayanib ma’lum qilishicha, uch nafar talaba qiz jarohatlangan.
Hukumat qaroriga ko‘ra, Kattaqo‘rg‘on shahar, Amir Temur ko‘chasi, 27-uy manzilida joylashgan sobiq Samarqand davlat chet tillar instituti huzuridagi 2-son akademik litseyining bino va inshootlari filialga operativ boshqaruv huquqi asosida bepul berilgan. Ming o‘ringa mo‘ljallangan bu bino 2022 yilda mukammal ta’mirlangan.
Ma’lumot uchun, Samarqand davlat universitetining Kattaqo‘rg‘on filiali 2021 yilda tashkil etilib, o‘sha yili 11 ta ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha 703 nafar talaba qabul qilingan.
UPD. Telegram'dagi kanallar va ayrim OAVda Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligining rasmiy munosabati ekani aytilgan ma’lumot tarqaldi. Bu ma’lumot hozirda hokimlik rasmiy sayti va Telegram-kanalida uchramaydi. Tarqalgan ma’lumotda faollar zali shiftidagi beton plita noma’lum sabablarga ko‘ra joyidan siljib pastga tushgani, plita tushgan joyda talabalar bo‘lmagani sababli hech kimga jiddiy zarar yetmagani, faqat zalning birinchi qatorida o‘tirgan ikki nafar 1-bosqich talabalari yengil jarohat olgani va ayni damda shahar tibbiyot birlashmasida tibbiy yordam ko‘rsatilayotgani aytilgan.
Mavzuga oid
23:04 / 13.06.2026
Samarqandda Rossiyada ishlashni rejalashtirayotgan fuqarolar uchun test markazi ochiladi
10:50 / 12.06.2026
Samarqandning olis tumanlariga investitsiyalar jalb etiladi
17:46 / 10.06.2026
Samarqand tumanlari qishloq xo‘jaligi, to‘qimachilik va qayta ishlash sanoatiga ixtisoslashgan hudud sifatida rivojlantiriladi
17:45 / 05.06.2026