Hukumatning tegişli qarori bilan Samarqand davlat universitetining Kattaqörğon filiali taşkil etildi.

Ma'lum qilinişiça, qarorga köra:

  • Filialda ta'lim faoliyati 2021/2022 öquv yilidan boşlanadi;
  • Samarqand viloyati, Kattaqörğon şahar, Amir Temur köçasi, 27-uy manzilida joylaşgan sobiq Samarqand davlat çet tillar instituti huzuridagi 2-son akademik litseyining bino va inşootlari filialga operativ boşqaruv huquqi asosida bepul beriladi;
  • Kelgusi yillarda filial uçun qöşimça öquv binosi, 2 ta talabalar turar joyi binolari, sport inşooti quriladi;
  • Samarqand viloyati hokimligi filial faoliyatini samarali taşkil etiş maqsadida faoliyat yuritiş uçun jalb etiladigan malakali professor- öqituvçilarni belgilangan tartibda xizmat uylari bilan ta'minlaydi.

Ma'lumot uçun, 2020 yil 4 iyun kuni normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portali regulation.gov.uz’da Vazirlar Mahkamasining Samarqand viloyatida yuqori malakali kadrlar tayyorlaş tizimini kengaytiriş va yanada takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisidagi ID-18502-sonli qarori loyihasi muhokama uçun joylaştirilgan edi.