Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston» temiryo‘lini qurish loyihasi qoldirilgani rad etildi
Qirg‘iziston rasmiysiga ko‘ra, loyihani moliyalashtirish modelini tanlash bo‘yicha muzokaralar davom etyapti.
Qirg‘iziston Vazirlar Mahkamasi raisi o‘rinbosari Baxit To‘raboyev «Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston» temiryo‘lini qurish loyihasi noma’lum muddatga qoldirilgani haqidagi xabarga izoh berdi.
Qirg‘iziston hukumati rasmiy vakiliga ko‘ra, bu ma’lumot haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. Uning ta’kidlashicha, hozirda texnik-iqtisodiy asoslarni (TIS) ishlab chiqish yakunlangan.
«Hozir uch davlat bilan hamkorlikda quriladigan temiryo‘lni moliyalashtirish masalasi ko‘rib chiqilmoqda. Aniqrog‘i, moliyalashtirish modelini tanlash bo‘yicha muzokaralar olib borilmoqda. Bishkekda bu temiryo‘l qurilishi bo‘yicha uch davlatning qo‘shma idorasi ochilgan», dedi u.
To‘raboyev muhokama qilinayotgan loyiha Qirg‘iziston uchun kelajakda juda muhim va foydali ekanini ta’kidlab, olib borilayotgan ishlarni obro‘sizlantiradigan «yolg‘on ma’lumotlarni chop etmaslikka» chaqirdi.
Avvalroq, «Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston» temiryo‘lini qurish loyihasi moliyalashtirish nisbati aniqlanmagani, asosiy sarmoyador Xitoy uchun ustuvorligini yo‘qotgani bois noma’lum muddatga qoldirilgani haqida xabar berilgan edi.
Qirg‘iziston rahbari Sadir Japarov qurilish 3 milliard dollardan 5 milliard dollargacha bo‘lishini ma’lum qilgandi.
Mavzuga oid
20:00 / 09.06.2026
“Markaziy Osiyoda xorijiy davlatlarning harbiy bazalariga ehtiyoj qolmagan” - siyosatshunoslar
12:20 / 04.06.2026
Qirg‘iziston ilk marta BMT Xavfsizlik Kengashi tarkibiga saylandi. O‘zbekiston qardosh xalqni tabrikladi
11:55 / 04.06.2026
Chipta yetishmovchiligi va vagonlardagi sanitar holat – transport vaziri temiryo‘ldagi muammolar haqida
08:17 / 03.06.2026