Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Soliqqa tortilmaydigan daromad turlari ikkitaga ko‘paytirildi
O‘zgarishlar kapital bozorini rag‘batlantirish maqsadida joriy qilinmoqda.
Kapital bozorini rivojlantirishni rag‘batlantirish maqsadida soliqqa tortilmaydigan daromad turlari ikkitaga ko‘paytirildi.
Soliq qo‘mitasi xabariga ko‘ra, Soliq kodeksining 378-moddasiga soliq solinmaydigan daromadlarning quyidagi turlari kiritilgan:
1) aksiyalar ommaviy joylashtirilganda korxona xodimining ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlardan oshmaydigan ushbu korxona xodimining aksiyalarga egalik qilish rejasi doirasida aksiya sotib olishga yo‘naltirilgan mablag‘lari;
2) soliq to‘lovchilar ish haqi va boshqa daromadining mahalliy fond bozorida emissiya qilingan qimmatli qog‘ozlarni sotib olish uchun shaxsiy investitsiya hisobvarag‘iga yo‘naltiriladigan qismi, quyidagi shartlarda:
- a) soliq davri davomida mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori (1 mln 50 ming so‘m)ning 100 baravarigacha bo‘lgan qiymatda;
- b) to‘lovlar o‘sib bormaydigan tartibda to‘langanda va bir yo‘la to‘lanadigan to‘lovlarni shartnomaning amal qilish muddati boshlangan kundan e’tiboran 12 oy ichida qaytarib olmaslik sharti bilan.
Ushbu shartlar buzilgan yoxud shartnoma muddatidan oldin bekor qilingan va pul mablag‘lari to‘liq yoki qisman qaytarilgan taqdirda, qaytariladigan mablag‘larga to‘lov manbaida soliq solinishi lozim.
Mavzuga oid
12:32 / 13.05.2026
IPO yakunlari: Milliy investitsiya jamg‘armasining 31 foizi 603,6 mln dollarga sotildi
14:03 / 29.04.2026
Milliy investitsiya jamg‘armasi Toshkent va Londonda IPO boshladi
20:00 / 19.04.2026
Soliq deklaratsiyasi taqdim etgan 728 nafar xonanda jami 4,7 mlrd so‘m daromad topgani ma’lum bo‘ldi
10:00 / 29.03.2026