Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp Lotin Amerikasiga giyohvand moddalarga qarshi kurashda yordam ko‘rsatishni to‘xtatdi
Xususan, Kolumbiya, Ekvador va Meksika davlatlarida giyohvand moddalar savdosiga qarshi kurashga qaratilgan dasturlar muzlab qolgan.
Foto: Reuters
Donald Trampning chet el davlatlariga ko‘rsatiladigan yordamni deyarli butunlay to‘xtatish to‘g‘risidagi qarori Lotin Amerikasi mamlakatlarida giyohvand moddalar savdosiga qarshi kurash bo‘yicha muhim dasturlar moliyalashtirishdan uzilib qolishiga olib keldi.
Xususan, jahonning eng yirik kokain ishlab chiqaruvchisi bo‘lgan Kolumbiyada AQSh tomonidan moliyalashtirish to‘xtatilgach, 18 ta Black Hawk vertolyoti ekspluatatsiyadan chiqarildi. Mamlakat Mudofaa vazirligining The Washington Post’ga ma’lum qilishicha, Tramp ma’muriyatining harakatlari tufayli jinoyat ishlari bo‘yicha tergovchilarni tayyorlashga qaratilgan Xalqaro yordam dasturi (ICITAP) hamda huquq-tartibot organlari va hukumatdagi boshqa tayyorgarlik dasturlari to‘xtatilgan.
Dunyodagi eng yirik kokain savdo markazlaridan biri bo‘lgan Ekvadorda mamlakat Harbiy-dengiz floti joriy yilda qirg‘oq bo‘ylab narkotiklarga qarshi operatsiyalar o‘tkazish uchun 7 million dollarlik kemalar tuzatiladigan korxona qurishni rejalashtirgan edi. Endi esa mazkur loyiha ham to‘xtab qolgan.
Meksikadagi yirik portlardan birida esa fentanil sintetik giyohvandlik vositasini aniqlash bo‘yicha dastur muzlab qoldi — bunga Donald Tramp ushbu mamlakatga qarshi import bojlarini joriy etgani sabab bo‘ldi.
Gazetaning qayd etishicha, o‘z harakatlari oqibatlarini tushunib yetgan Vashington muzatilgan boshqa ayrim dasturlarga ruxsat berishni boshlagan. AQSh Davlat departamenti Meksikada fentanilni ishlab chiqarish va tarqatishga qarshi kurash dasturiga, shuningdek, terrorchilik tashkilotlarini yo‘q qilishga 7,8 million dollar ajratgan.
Mavzuga oid
08:52 / 04.12.2025
Tramp: Putin kelishuv tuzishni va «normal hayotga qaytishni» istayapti
15:57 / 03.12.2025
Maduroning imkoniyatlari tugadi. Uning Tramp bilan telefon muloqoti haqida nimalar ma’lum?
21:10 / 02.12.2025
Tramp 5 soatda ijtimoiy tarmoqda 160 dan ortiq post joyladi
08:12 / 30.11.2025