16:59 / 14.02.2024
7189

Ellikqal’a tumani hokimi o‘zgardi

Valijon Niyazimbetov Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ellikqal’a tumani hokimi lavozimiga tayinlandi. Tumanga 2018 yildan beri hokimlik qilib kelgan Seydamat Avezov prezident topshirig‘iga ko‘ra lavozimga loyiqligi ko‘rib chiqilib, ishdan olingan.

Foto: Jo‘qorg‘i Kenges matbuot xizmati

Elikqal’a tumani hokimi o‘zgardi. Bu haqda ndi. Bu haqda Jo‘qorg‘i Kenges matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, bugun xalq deputatlari Ellikqal’a tumani kengashining navbatdan tashqari 71-sessiyasi bo‘lib o‘tgan. Sessiya kun tartibida tashkiliy masala ko‘rib chiqilgan: Niyazimbetov Valijon Batirbayevich Ellikqal’a tumani hokimi lavozimiga tayinlangan.

Valijon Niyazimbetov faoliyati davomida Ellikqa’la tumani hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasi raisining o‘rinbosari kabi mas’ul lavozimlarda ishlagan. Tayinlovga qadar u To‘rtko‘l tumani hokimining qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelayotgandi.

2018 yil may oyidan buyon Ellikqal’a tumaniga hokimlik qilib kelgan Seydamat Avezov prezident topshirig‘iga ko‘ra lavozimga loyiqligi ko‘rib chiqilib, lavozimidan ozod qilingan.

Oldinroq Oltinko‘l, Uchqo‘rg‘on hamda Xo‘jaobod tumanlariga yangi hokimlar tayinlangani xabar qilingandi.

Top