Qoraqalpoğiston Respublikasi Ellikqal’a tumanida mast haydovçi boşqaruvidagi Lacetti qarama-qarşi tomondan kelayotgan Labo bilan töqnaşdi.
YHXX xabarida ma’lum qilinişiça, 2022 yil 27 may kuni soat 16:20 larda Ellikqal’a tumani, Qilçinoq OFY hududidan ötuvçi A-380 avtomobil yölining 615-kilometrida 1980 yilda tuğilgan haydovçi M.N. qoidalarni qöpol tarzda buzgan holda, Lacetti avtomobilini mast holda boşqarib, qarama-qarşi harakatlaniş uçun möljallangan tomonga çiqib ketgan.
Oqibatda röparasidan, öz yölida kelayotgan haydovçi J.I. boşqaruvidagi Labo rusumli avtomobil bilan töqnaşuv sodir etgan. Zarb oqibatida Labo ağdarilgan.
YTH oqibatida tan jarohati olgan fuqarolar yöq.
Mazkur YTH yuzasidan tuman IIB YHXB xodimlari tomonidan haydovçi M.N. mast holda avtomobil boşqarganligi belgilangan tartibda rasmiylaştirilib, suriştiruv harakatlari olib borilmoqda.












