Elikqal’a tumani hokimi özgardi. Bu haqda ndi. Bu haqda Jöqorği Kenges matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinişiça, bugun xalq deputatlari Ellikqal’a tumani kengaşining navbatdan taşqari 71-sessiyasi bölib ötgan. Sessiya kun tartibida taşkiliy masala körib çiqilgan: Niyazimbetov Valijon Batirbayeviç Ellikqal’a tumani hokimi lavozimiga tayinlangan.

Valijon Niyazimbetov faoliyati davomida Ellikqa’la tumani hokimining sanoatni rivojlantiriş, kapital quriliş, kommunikatsiyalar va kommunal xöjaligi masalalari böyiça örinbosari, Qoraqalpoğiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qiliş qömitasi raisining örinbosari kabi mas’ul lavozimlarda işlagan. Tayinlovga qadar u Törtköl tumani hokimining quriliş, kommunikatsiyalar, kommunal xöjalik, ekologiya va kökalamzorlaştiriş masalalari böyiça örinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelayotgandi.

2018 yil may oyidan buyon Ellikqal’a tumaniga hokimlik qilib kelgan Seydamat Avezov prezident topşiriğiga köra lavozimga loyiqligi körib çiqilib, lavozimidan ozod qilingan.

Oldinroq Oltinköl, Uçqörğon hamda Xöjaobod tumanlariga yangi hokimlar tayinlangani xabar qilingandi.