Prezident raisligidagi yiğilişda Farğona, Jomboy, Elliqqal’a, Parkent tumanlari va Yangiyöl şahrida mol göşti, Konimex, Oltinköl, Böston tumanlari va Zarafşon şahrida tuxum narxi oşganiga uşbu hududlar rahbarlari xotirjam qarab ötirgani qayd etildi. Boş vazirga uşbu tuman-şahar hokimlari va sektor rahbarlarining lavozimiga loyiqligini körib çiqiş topşirildi.

Yiğilişda ötgan yilda inflatsiya 9 foizdan pasaygani qayd etilgan. 

Lekin köplab masalalar narx-navo oşib, odamlar norozi bölganidan söng, “qöl boşqaruvi” bilan hal bölayotgani qayd etildi.

Masalan, narx qimmatlagani uçun 61 turdagi iste’mol mahsulotlariga nisbatan bojxona bojlari bekor qilindi.

Lekin, joylardagi iqtisod böyiça hokim örinbosarlari, viloyat va tumanlardagi iqtisodiyot bölimlari rahbarlari uşbu mahsulotlarni özida köpaytiriş orqali inflatsiyani jilovlaşni öylamayotgani tanqid qilindi.

Farğona, Jomboy, Ellikqal’a, Parkent tumanlari va Yangiyöl şahrida mol göşti, Konimex, Oltinköl, Böston tumanlari va Zarafşon şahrida tuxum narxi oşganiga uşbu hududlar rahbarlari xotirjam qarab ötirgani qayd etildi.

Boş vazirga uşbu tuman-şahar hokimlari va sektor rahbarlarining lavozimiga loyiqligini körib çiqiş topşirildi.

Ma’lumot uçun:

  • Farğona viloyati Farğona tumaniga 2022 yil oktyabridan buyon Hamidullo Inomov;
  • Samarqand viloyati Jomboy tumaniga 2020 yil aprelidan buyon Qayum Sobirov;
  • Qoraqalpoğiston Respublikasi Ellikqal’a tumaniga 2018 yil mayidan buyon Seydamat Avezov;
  • Toşkent viloyati Parkent tumaniga 2021 yil martidan buyon Şohrux Şoahmedov;
  • Navoiy viloyati Konimex tumaniga 2022 yil mayidan buyon Ruslan Röziyev;
  • Andijon viloyati Oltinköl tumaniga 2022 yil mayidan buyon