Ellikqal’a tumanidagi maktab öquvçisini qarindoşlari darsdan kuç işlatib olib çiqib ketgani aks etgan holat yuzasidan Bolalar ombudsmani ma’lumot berdi.
Qayd etilişiça, 5 sentabr kuni 28-maktabning 1-sinf öquvçisi Y.X. (öğil bola)ni onasi S.Ş. darsdan kuç işlatib olib çiqib ketgan. Taşkilot S.Ş. va boşqa şaxslarga nisbatan ma’muriy huquqbuzarlikka oid tegişli hujjatlar töplanib, sudga yuborilganini ma’lum qildi. Iş bugun, 20 sentabr kuni sudda körib çiqiladi. Ombudsmanga köra, vaziyat bolaning kim bilan yaşaşiga oid qarindoşlar örtasidagi nizo sabab yuzaga kelgan.
Video böyiça Qoraqalpoğiston Respublikasi Maktabgaça va maktab ta’limi vazirligi işçi guruh tuzib, örganiş işlari olib borilganini ma’lum qildi. Unga köra, Y.X.ning otasi 5 yil avval vafot etgan. Bola otasining onasi qölida qolgan. Bolani öz tarbiyasiga oliş uçun onasi S.Ş. 5 sentabr kuni özining aka-ukalari bilan maktabga orqa eşikdan kirib, dars bölayotgan xonada öqituvçining qarşiligiga qaramasdan öquvçiga kuç işlatib, sinfdan olib çiqib ketgan.
Vazirlik holat röy bergan paytda maktab direktori tomonidan Milliy gvardiya va içki işlar xodimlariga xabar berilganini qöşimça qilgan. “Bugungi kunda öquvçining onasi S.Ş. tomonidan bolani öz tarbiyasiga oliş böyiça bir neça bor sudga murojaat qilingani ma’lum böldi”, – deyiladi rasmiy xabarda.
Ma’lumot uçun, darsdan olib ketilgan bolaning ta’lim oliş huquqi tiklanib, u öqişni davom ettiryapti.











