Mubashshir Ahmad Turkiyada ozodlikka chiqdi

Foto: Azon Global
Azon Global axborot tahliliy portali asoschisi, Mubashshir Ahmad taxallusi bilan tanilgan Alisher Tursunov 2023 yilning 28 dekabridan buyon Turkiyada hibsda qolayotgani ma’lum bo‘ldi. Bugun u ozod qilingan.
«2023 yilning 28 dekabri kuni O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi Tursunov Alisher Ahmadovich (“Mubashshir Ahmad”) Turkiya politsiyasi tomonidan o‘zi yashab turgan uyidan olib ketilganligi va Istanbul viloyati Chatalja tumanida joylashgan Binkilich deportatsiya markaziga joylashtirilganligi xabar qilingan edi.
Bugun, 21 fevrali kuni vatandoshimiz deportatsiya markazidan oilasi bag‘riga qaytganini ma’lum qilamiz», — deb xabar berdi O‘zbekistonning Turkiyadagi elchixonasi.
Kun.uz'ning O‘zbekiston rasmiy idoralaridagi manbasiga ko‘ra, Mubashshir Ahmad jamoat xavfsizligiga tahdid gumoni bilan olib ketilgan. Turkiyadagi o‘zbek diplomatlari u saqlanayotgan joyga borib, o‘zi bilan suhbatlashgan, uni saqlab turish sharoitini o‘rganishgani xabar qilingan edi.
O‘zbekistonning Istanbuldagi bosh konsulxonasi ma’lumotiga ko‘ra, Mubashshir Ahmadga nisbatan tegishli konsullik-huquqiy yordam ko‘rsatib kelingan.
Ma’lumot uchun, Mubashshir Ahmad 2023 yil avgustda O‘zbekistonda o‘zi asos solgan Azon.uz sayti o‘z faoliyatini to‘xtatganini ma’lum qilgan edi. Shundan so‘ng u noyabr oyida o‘zbek, rus, ingliz va turk tillarida faoliyat yurituvchi Azon Global portali faoliyatini yo‘lga qo‘ygan.
Tavsiya etamiz
“Sirtqi ta’lim yopilsa, hech narsa yo‘qotmaymiz” – mutaxassislar bilan suhbat
O‘zbekiston | 15:26 / 19.05.2025
Trampni siylagan arablar, muzlatilgan savdo urushi va amalga oshmagan “duel” - Geosiyosiy hafta tahlili
Jahon | 16:04 / 17.05.2025
Tahdid va tarix haqida va’z: Istanbul muzokaralarida nimalar deyishdi?
Jahon | 13:33 / 17.05.2025
Haydovchilar uchun qator yengilliklar e’lon qilindi
O‘zbekiston | 18:04 / 16.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekiston prezidentining Vengriyaga rasmiy tashrifi boshlandi
O‘zbekiston | 08:03
-
Tramp Putin bilan muloqotdan keyin Rossiya va Ukraina «zudlik bilan» muzokaralar boshlashini ma’lum qildi
Jahon | 01:09
-
Hindistonda Pokiston foydasiga josuslik qilishda gumonlangan 9 kishi ushlandi
Jahon | 00:15
-
Olimlar jazirama va suv toshqinlarining yashirin xavfini aniqladi
Jahon | 23:51 / 19.05.2025
Mavzuga oid

14:22 / 13.05.2025
IIV: Mubashshir Ahmad Turkiyadan deportatsiya qilinib, qamoqqa olindi

15:13 / 12.05.2025
Mubashshir Ahmad yana Turkiya politsiyasi tomonidan qo‘lga olindi. U O‘zbekistonga deportatsiya qilingan bo‘lishi mumkin

12:44 / 21.02.2025
Mubashshir Ahmad o‘ta og‘ir jinoyat sodir etishda ayblanmagan - advokat

21:51 / 19.02.2025