Oliy Majlisning Inson huquqlari böyiça vakili — Ombudsmanning Navoiy viloyatidagi mintaqaviy vakili 5-sonli jazoni ijro etiş koloniyasiga taşrif buyurdi. Ombudsman matbuot xizmatining Kun.uz'ga ma’lum qilişiça, monitoring taşrifida uşbu koloniyada jazo muddatini ötayotgan Mubaşşir Ahmad (Alişer Tursunov)ning soğliği va saqlaniş şaroiti örganilgan.
Monitoring davomida Alişer Tursunov bilan «xoli tarzda suhbat ötkazildi va uning soğliğiga oid tibbiy hujjatlar bilan tanişildi», deyiladi xabarda.
«A.T. muassasada tibbiy yordam körsatilişidan şikoyati yöqligini, muntazam ravişda töliq tibbiy tekşiruvdan ötkazib kelinayotganligini, faqatgina avvaldan mavjud bölgan kasalliklari tufayli soğliğida biroz özgarişlar borligini va tegişli tibbiy yordam olayotganligini qayd etdi. Şuningdek, muassasada öz xohişiga köra mehnatga jalb etilgani (oşxona işlari bilan şuğullanadi), hamda qonunçilikda belgilangan vaqtlardan taşqari ortiqça mehnatga jalb etilmagani, iş şaroiti mehnatni muhofaza qiliş qoidalariga muvofiq ekanini aytib ötdi», deyiladi Ombudsman bayonotida.
Şuningdek, diniy ulamo oziq-ovqat ta’minoti va yaşaş şaroiti böyiça ham şikoyat bildirmagan.

«Uning sözlariga köra, soğliğidan kelib çiqib, belgilangan norma böyiça oziq-ovqat beriladi. Alişer Tursunov bilan ötkazilgan xoli tarzdagi suhbatda u heç qanday masalada murojaat qilmadi», deyiladi xabarda.
Ma’lum qilinişiça, Ombudsman vakili uşbu muassasaga 2025 yil noyabr va dekabr oylarida taşrif buyurganida ham Alişer Tursunovdan murojaatlar kelib tuşmagan.
Mubaşşir Ahmad taxallusi bilan tanilgan Alişer Tursunov 2025 yil 8 oktyabr kuni 2,5 yilga ozodlikdan mahrum etilgan edi.
Öşanda jinoyat işlari böyiça Uçtepa tuman sudi sudyasi Bobur Rahimov ulamoni tergov organi qöygan uçala modda (diniy mazmundagi materiallarni tarqatiş, jamoat tartibiga tahdid soladigan materiallar tarqatiş va milliy-etnik adovat qözğatiş) böyiça ham aybdor


















