
Mubaşşir Ahmad taxallusi bilan tanilgan Alişer Tursunov 2025 yil 8 oktabr kuni 2,5 yilga ozodlikdan mahrum etilgan edi. Öşanda jinoyat işlari böyiça Uçtepa tuman sudi sudya Bobur Rahimov ulamoni tergov organi qöygan uçala modda böyiça ham aybdor deb topgan.
Şundan söng, Mubaşşir Ahmad sud hukmi ustidan apellyatsiya şikoyati bermaslikka qaror qildi. U ayni vaqtda Navoiy viloyati, Qiziltepa tumanida joylaşgan IIV huzuridagi Jazoni ijro etiş Departamentiga qaraşli 5-sonli Jazoni ijro etiş koloniyasida ötamoqda.
Ulamoning advokati Abdullohning Sodiqning Kun.uz'ga ma’lum qilişiça, Alişer Tursunovning salomatligi yaxşi emas. Xususan, u tergov va sud jarayonlarida ham «bir neça marotaba himoya ostidagi şaxsning qandli diabet kasalligining II turi bilan ança yillardan buyon oğrib kelişi»ni aytib, iltimosnomalar kiritgan. Biroq ehtiyot çorasi va jazo tayinlaş masalasida uşbu holatlar inobatga olinmagan. Ma’lum bölişiça, Alişer Tursunovda salomatlik bilan boğliq muammolar turmada ham davom etmoqda.
«2025 yil 26 noyabr kuni Alişer Tursunov bilan advokatlar bevosita 5-sonli JIEKda uçraşgan vaqtida, uning qon bosimi bir neça marotaba 180 mmdan oşganligi, qandli diabet kasalligi natijasida buyraklari yaxşi işlamayotganligi, oyoqlari şişib ketganligi va boşqa şu kabi hamroh kasalliklari soğligi va hayotiga jiddiy xavf tuğdirayotganligi ma’lum böldi», deydi advokat.
Şuningdek uşbu fakt advokatlik söroviga IIV JIED tomonidan taqdim etilgan xatda ham öz tasdiğini topgan.

Uşbu xatda Alişer Tursunov Qandli diabet II tipi va unga yöldoş kasalliklar taşxisi bilan noyabr oyining özida 3 marotaba ambulator tartibda davo muolajalarini olib kelgani yozilgan. Xususan:



















