Xudoyor Meliyev adliya vaziri o‘rinbosari lavozimidan ketdi
U olti yildan buyon vazir o‘rinbosari sifatida ishlab kelayotgandi.

Foto: Kun.uz
O‘zbekiston adliya vaziri o‘rinbosari Xudoyor Meliyev egallab turgan lavozimidan ozod etildi. Vazirlik rasmiy saytidagi rahbariyat bo‘limidan u haqdagi ma’lumotlar olib tashlangan va vazir o‘rinbosari lavozimlaridan biri vakant ekani ko‘rsatilgan.
Xudoyor Meliyev nima sababdan lavozimdan olingani va uning keyingi faoliyati haqida ma’lumot yo‘q.
Xudoyor Meliyev 1980 yilda Samarqand viloyatida tug‘ilgan, 2000 yilda Toshkent davlat yuridik instituti bakalavr bosqichini, 2006 yilda esa ushbu OTMda magistraturani tamomlagan.
Mehnat faoliyati davomida Adliya vazirligida turli lavozimlarda ishlagan, xususan, vazirlikning Qonunchilik bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.
2019 yil yanvarida adliya vaziri o‘rinbosari lavozimiga tayinlangandi.
Ayni vaqtda adliya vaziri Akbar Toshqulovning uch nafar o‘rinbosari bor, bular: Alisher Karimov, Muzraf Ikromov hamda Sherzod Rabiyev.
Avvalroq ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari – Tezkor-qidiruv departamenti boshlig‘i polkovnik Shavkat Rahmonov ham lavozimini tark etgani to‘g‘risida xabar berilgandi.
Tavsiya etamiz
Alonso «Real»da. Endi kim o‘zgaradi – klub yoki murabbiy?
Sport | 11:37 / 29.05.2025
Chet ellik jangchilar, xususan o‘zbeklar Suriyadan quviladimi?
Jahon | 21:35 / 28.05.2025
Moskvada shaharni bilishini isbotlab bermagan taksichilar jarimaga tortiladi
Jahon | 20:35 / 27.05.2025
Bozor – go‘sht narxi haqida: “Yem-xashak qimmat, mol boqish oson bo‘lmay qoldi”
O‘zbekiston | 17:00 / 27.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Bastakor Dilorom Omonullayeva vafot etdi
O‘zbekiston | 19:26
-
Qashqadaryodagi bog‘chada 2 yoshli qiz ariqqa cho‘kib halok bo‘ldi
Jamiyat | 18:46
-
Istanbul meriyasining 30 nafardan ortiq xodimi hibsga olindi
Jahon | 18:39
-
«Kimgadir yoqadimi-yoqmaydimi, Yevropa Ittifoqi bilan hamkorlikda davom etamiz» - Abdulaziz Komilov
O‘zbekiston | 18:24
Mavzuga oid

11:42 / 07.05.2025
Ramzan Qodirov iste’fo so‘rashi haqida gapirib, keyin «uni noto‘g‘ri tushunishgani»ni aytdi

11:28 / 08.04.2025
Korrupsiyaviy jinoyatlar Adliya vazirligi tizimida 22 foizga, hokimliklarda 43 foizga kamaydi – Antikorrupsiya agentligi

10:10 / 04.04.2025
Tasvirga olish uchun rozilik olish talabi OAV faoliyatiga qanday ta’sir qiladi? Adliya vazirligi izohi

16:09 / 18.03.2025