Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Adliya vaziriga yangi o‘rinbosar tayinlandi
Toshkent shahar adliya boshqarmasi boshlig‘i Nu’mon Muhammadiyev vazirga o‘rinbosar bo‘ldi. U yangi lavozimda Xudoyor Meliyev o‘rnini egalladi.
Prezidentning tegishli qarori bilan Nu’mon Usmonovich Muhammadiyev adliya vaziri o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Nu’mon Muhammadiyev 1982 yilda Qashqadaryo viloyati Kitob tumanida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy, huquqshunos, 1-darajali adliya maslahatchisi. 2003 yilda Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan. 2024 yilda «Sodiq xizmatlari uchun» medali bilan taqdirlangan.
Mehnat faoliyatini 2004 yilda Adliya vazirligi Tadbirkorlar huquqlarini himoya qilish boshqarmasi katta maslahatchi lavozimida boshlagan. Keyinchalik mazkur boshqarmada yetakchi va bosh maslahatchi bo‘lgan. 2009–2013 yillarda Toshkent shahar adliya boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari sifatida faoliyatini davom ettirgan.
2016–2023 yillarda Adliya vazirligi tizimida turli lavozimlarda ishlagan. Shu jumladan, Adliya vazirligi Davlat xizmatlari ko‘rsatishni muvofiqlashtirish va rivojlantirish boshqarmasi, O‘zbekiston prezidenti hujjatlari ijrosini nazorat qilish boshqarmasi boshlig‘i hamda Davlat xizmatlari agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari bo‘lgan.
Tayinlovga qadar (2023 yildan) Toshkent shahar adliya boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat ko‘rsatgan.
Eslatib o‘tamiz, 2019 yildan buyon Adliya vaziri o‘rinbosari lavozimida ishlagan Xudoyor Meliyev 2025 yil fevral oyida lavozimini tark etgani ma’lum bo‘lgandi.
Ayni vaqtda adliya vaziri Akbar Toshqulovning yana uch nafar o‘rinbosari bor: Alisher Karimov, Muzraf Ikromov va Sherzod Rabiyev.
Mavzuga oid
09:17 / 11.06.2026
Professordan tarbiyachigacha: pedagogik lavozimlar ro‘yxati belgilandi
08:39 / 04.06.2026
Insofsiz sug‘urta agentlarining ochiq reyestri yuritiladi
11:51 / 22.05.2026
IIV, Adliya va Tog‘-kon vazirligi - davlat boshqaruvidagi eng ilg‘or idoralar
15:51 / 12.05.2026