Navro‘zda havo iliq bo‘lishi kutilmoqda
Navro‘z kuni O‘zbekiston bo‘yicha +27…+30 darajagacha iliq ob-havo saqlanib turadi, faqat shimolda yog‘ingarchilik bo‘ladi. 22–23 mart kunlari g‘arbiy hududlarda yomg‘ir yog‘adi, qolgan hududlarda yog‘ingarchilik kutilmaydi, kunduzgi harorat biroz pasayadi.

Foto: Kun.uz
20 mart, payshanba kuni O‘zbekiston bo‘yicha quruq va juda iliq ob-havo saqlanib turadi. Kunduz kunlari havo +25…+27 darajagacha, ba’zi joylarda +30 darajagacha ko‘tariladi, deya xabar berdi O‘zgidromet.
21 mart kuni respublika hududining katta qismida Navro‘z bayrami qulay ob-havo sharoitida o‘tadi, faqat respublika shimolida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Kunduzgi havo harorati +27…+30 daraja atrofida bo‘ladi.
Shanba va yakshanba kunlari respublikaning g‘arbiy hududlariga nam va nisbatan salqin havo massalari kirib kelishi boshlanadi. 22–23 mart kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Ayrim tog‘li hududlarda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, baland tog‘larda qorga aylanadi.
Respublikaning qolgan hududlarida quruq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Ushbu kunlarda havo harorati asta-sekin pasayadi va +22…+27 darajani tashkil etadi.
Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7–12 metr/soniya tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13–18 metr/soniyagacha kuchayadi.
Toshkent shahrida 20–23 mart kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3–8 metr/soniya tezlikda esadi, 21 va 23 martda 10–12 metr/soniyagacha kuchayishi mumkin.
Harorat asosan kechalari +12…+14 daraja, kunduz kunlari +26…+28 daraja bo‘ladi.
Tavsiya etamiz
Kiyevga yana zarba berildi. Qurbonlar bor
Jahon | 13:57 / 23.03.2025
Yangi “inomarka”lar savdosi 2 barobardan ko‘proqqa kamayib ketdi
Iqtisodiyot | 10:04 / 23.03.2025
Yana uchta muhim o‘yin. O‘zbekistonga mundialga chiqish uchun qanday natijalar kerak?
Sport | 17:29 / 22.03.2025
“Haydovchilarning manfaati eng oxirgi o‘rinda bo‘lishi kerak” – tezlik “chegirmasi”ning oshirilishi e’tirozga sabab bo‘lmoqda
O‘zbekiston | 10:45 / 22.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Firibgarlar tuzog‘iga eng ko‘p tushadigan odamlar toifasi ma’lum qilindi
Jamiyat | 14:13
-
Xavfli fazaga kirayotgan G‘azo, 4 oblastni talab qilayotgan Rossiya va migrantlar uchun eng qora yil - kun dayjesti
Jahon | 14:07
-
O‘zbekiston yana netto gaz eksportchisiga aylandi
O‘zbekiston | 14:01
-
Suriyada internet butunlay uzilib qoldi
Jahon | 13:46
Mavzuga oid

13:58 / 24.03.2025
O‘zbekistonda hafta davomida yomg‘irli ob-havo bo‘lishi kutilmoqda

14:30 / 23.03.2025
Hafta boshida O‘zbekiston bo‘ylab yog‘ingarchilik bo‘lishi kutilmoqda

15:54 / 20.03.2025
Keyingi haftada ob-havo keskin o‘zgarishi kutilmoqda

12:41 / 17.03.2025