23–25 mart kunlari respublika böyiça ob-havo keskin özgarişi kutilmoqda, Özbekistonga nam va nisbatan salqin havo massalari kirib keladi, deya xabar bermoqda Özgidromet agentligi.

Respublika böyiça yomğir yoğadi, ba’zi joylarda kuçli böladi, momaqaldiroq kuzatilişi mumkin. Respublikaning toğli hududlarida yomğir qorga aylaniş ehtimoli bor.

23–24 mart kunlari şamol tezligi ba’zi joylarda 13–18 metr/soniyagaça kuçayadi, ayrim joylarda ba’zida 20 metr/soniyagaça kuçayişi mumkin.

Kunduzgi havo harorati asta-sekin +12…+17 darajagaça pasayadi.

Şuningdek, 23–27 mart kunlari kutilayotgan yomğirlar yoğişi sababli, respublikaning toğ oldi va toğli hududlarida, jumladan:
 
Qaşqadaryo viloyati: Yakkaboğ, Dehqonobod, Çiroqçi, Kitob, Şahrisabz, Qamaşi, Ğuzor tumanlarida;

Surxondaryo viloyati: Sariosiyo, Uzun, Oltinsoy, Denov, Boysun, Şerobod, Şörçi, Qumqörğon, Muzrobod tumanlarida;

Samarqand viloyati: Urgut, Samarqand, Bulunğur, Nurobod, Qöşrabot, Kattaqörğon, Payariq, Jomboy, Iştixon tumanlarida;

Navoiy viloyati: Xatirçi, Navbahor, Nurota, Konimex, Karmana tumanlarida;

Jizzax viloyati: Zomin, Baxmal, Ğallaorol, Şarof Raşidov, Foriş, Yangiobod tumanlarida;

Toşkent viloyati: Ohangaron, Böstonliq, Parkent, Piskent, Örta Çirçiq, Yuqori Çirçiq tumanlarida va Angren, Olmaliq şaharlarida;

Namangan viloyati: Pop, Kosonsoy, Çortoq, Çust, Namangan, Yangiqörğon tumanlarida;

Farğona viloyati: Söx, Şohimardon, Farğona, Beşariq tumanlarida;

Andijon viloyati: Andijon, Asaka, Jalaquduq, Qörğontepa, Paxtaobod, Izboskan, Xöjaobod, Marhamat tumanlarida va Xonobod şahrida sel-suvtoşqin hodisalari yuzaga kelişi mumkin.