Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“1FIT” kompaniyasi reklama qonunchiligini buzgani uchun jazolandi
Raqobat qo‘mitasi “1FIT” MChJ ijtimoiy tarmoqlarda joylashtirgan reklamalarida qonunchilik talablarini buzganini aniqladi. Maxsus komissiya kompaniya reklamalarida bo‘rttiruvchi ma’no ifodalagan deb topgan. Qo‘mitaning Kun.uz’ga bildirishicha, “1FIT” “Reklama to‘g‘risida”gi qonunning 16-moddasini buzgan, ya’ni nomaqbul reklamaga yo‘l qo‘ygan.
“1FIT” MChJ tomonidan ijtimoiy tarmoqlarda joylashtirilgan reklamalarda bo‘rttiruvchi ma’no ifodalanganlik holatlari aniqlandi, deya xabar bermoqda raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi.
“Qo‘mita Maxsus komissiyasi tomonidan “1FIT” MChJga nisbatan “Reklama to‘g‘risida”gi Qonun talablari buzilishi alomatlari bilan ish qo‘zg‘atilib, natijasi yuzasidan moliyaviy jarima qo‘llash xaqida qaror qabul qilindi”, - deyiladi rasmiy xabarda.
Shuningdek, qonunbuzilish holatini bartaraf etish va kelgusida yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan ko‘rsatma berilgan.
Rasmiy xabarda maxsus komissiyaning ushbu qaroridan norozi bo‘lgan tomon qo‘mitaning apellyatsiya kengashiga yoki sudga murojaat qilish huquqiga egaligi eslatilgan.
Raqobat qo‘mitasi matbuot xizmatining Kun.uz’ga ma’lum qilishicha, kompaniya “Reklama to‘g‘risida”gi qonunning 16-moddasini buzgan deb topilgan. Qonunning ushbu moddasida nomaqbul reklamaga yo‘l qo‘yilmasligi belgilangan.
Shuningdek, qonunda noto‘g‘ri, axloqsiz, yashirin reklama, shuningdek ushbu qonun talablariga mos kelmaydigan boshqa reklama nomaqbul reklama deb baholanishi nazarda tutilgan. “Reklama to‘g‘risida”gi qonunning 47-moddasiga muvofiq, nomaqbul reklama berganlik, aksilreklamani berishni rad etganlik bazaviy hisoblash miqdorining yetmish baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘lishi belgilangan. Bu miqdor bugungi kunda 28 mln 840 ming so‘mni tashkil qiladi,
Avvalroq, Toshkent viloyati Chirchiq shahridagi bekatlardan birida o‘rnatilgan “60 yoshda ham avtobus kutib ishga borishni istamasangiz, farzandingizga til o‘rgating” mazmunidagi reklama e’tirozlarga sabab bo‘lgani ma’lum qilingandi. Raqobat qo‘mitasining aralashuvi bilan, bu reklamalar barcha bekatlardan olib tashlandi. Qonunga ko‘ra, reklamada ijtimoiy mavqega qarab kamsitish taqiqlangan.
Mavzuga oid
10:55 / 13.11.2025
Toshkent shahri va viloyatida atmosferaga zarar yetkazayotgan 100 dan ortiq xo‘jalik faoliyati to‘xtatildi
14:47 / 10.11.2025
Markaziy bank 18 ta bankni 102 mln so‘mdan jarimaga tortdi
11:32 / 03.11.2025
Pirotexnika bo‘yicha davlat nazorati va jarimalar oshiriladi
22:54 / 02.11.2025