O‘zbekiston | 11:00 / 06.10.2025
9255
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkent havosi iflosligi bo‘yicha dunyoda 1-o‘ringa chiqdi

6 oktyabr soat 10:00 holatiga Toshkent shahri havosida mayda PM2,5 dispers zarralarining konsentratsiyasi 158 mkg/m3 ni tashkil etdi. Bu “zararli” tasnifdagi ko‘rsatkich hisoblanadi.

Foto: Kun.uz

IQAir portaliga ko‘ra, poytaxt havosida PM10 turidagi zararli zarrachalar miqdori 269,7 mkg/m³ ga yetgan. Bu Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti belgilagan me’yordan (har kuni uchun 45 mkg/m³) qariyb 6 barobar yuqori bo‘lib, inson salomatligi uchun xavfli darajadir.  

Reytingda 2-o‘rinni Qirg‘izistonning Bishkek shahri egallagan — PM2,5 dispers zarralarining konsentratsiyasi 152 mkg/m3. Kongoning Kinshasa shahrida esa 132 mkg/m3. Reytingdagi o‘ntalikdan shuningdek, Kalkutta (Hindiston), Manama (Bahrayn), Doha (Qatar), Jakarta (Indoneziya), Addis-Abeba (Efiopiya), Dehli (Hindiston) hamda Bog‘dod (Iroq) shaharlari o‘rin olgan.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotiga ko‘ra, havo ifloslanishi ko‘rsatkichlari orasida salomatlik uchun eng katta xavf tug‘diradigani aynan PM2,5 dispers zarralaridir.

Mavzuga oid