Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sankt-Peterburgda migrantlarga taqiq ortidan taksi narxlari oshdi
Muhojirlarning taksichilik qilishiga taqiq kuchga kirgan kuni taksi narxlari 30 foizgacha oshgani aytilmoqda. Tahlilchilarga ko‘ra, taksi va kurerlik xizmatlari sohasida o‘zi shundoq ham kadrlar yetishmovchiligi bor edi, yangi taqiq vaziyatni yanada yomonlashtirgan.
Foto: AP
Sankt-Peterburg shahrida migrantlarning taksichilik qilishiga taqiq amal qila boshlagan kuni taksi narxlari 30 foizgacha oshdi. Bu haqda o‘z hisob-kitoblariga tayanib Fontanka.ru xabar bermoqda.
Jurnalistlar 6 va 7 noyabr kunlari tahririyatdan shaharning turli chekkalariga “Yandeks Taksi” xizmatining “Komfort” tarifidagi safarlar narxini solishtirgan. Taqiq amal qila boshlagan 7 noyabrda narxlar ko‘tarilib, bir kun oldingidan 3,2 foizdan 32,5 foizgacha farq qilgan.
Ayrim foydalanuvchilar taksi chaqirmoqchi bo‘lganida, ilovada: “Haydovchilar yetishmayapti, taksini uzoqroq kutishga to‘g‘ri keladi. Safarlaringizni ertaroq rejalashtiring. Jamoat transportida tezroq yetib borishingiz mumkin”, degan xabarni ko‘rgan.
“Yandeks Taksi” ma’muriyati migrantlarga yangi cheklov sababli Peterburgda kirakashlar soni 12 foizga kamayishini ma’lum qilgan. Gap 4 mingdan ortiq haydovchining ishsiz qolishi haqida ketyapti. Ekspertlar bu holat shundoq ham kadrlar yetishmovchiligi kuzatilayotgan sohadagi vaziyatni yanada og‘irlashtirishini qayd etgan.
Sankt-Peterburgda muhojirlarning taksi va kurerlik faoliyatlari bilan shug‘ullanishi gubernator Aleksandr Beglovning avgust oyidagi qarori asosida taqiqlandi. Rasmiylar bu qarorni “norasmiy bandlikka qarshi kurashish”, “xizmatlar sohasidagi xavfsizlikni oshirish” va “talabalarning ishga joylashishi uchun imkoniyat yaratish” kabi maqsadlar bilan izohlagan.
Mavzuga oid
23:00 / 04.12.2025
Amerika delegatsiyasi Zelenskiy bilan uchrashuvni bekor qilgan - OAV
15:46 / 04.12.2025
Rossiyada Roblox o‘yin platformasi bloklandi
14:59 / 04.12.2025
Ryutte: Ukraina hamkorlari Rossiyaga bosimni davom ettirishi kerak
13:47 / 04.12.2025