Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Putin Lavrovning o‘z «g‘azabiga uchraganini» rad qildi
Lavrovning «g‘azabga duchor bo‘lgani» haqidagi da’volarni Rossiya prezidenti «bema’nilik» deb atadi.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Qirg‘iziston poytaxti Bishkekda jurnalistlar bilan muloqot chog‘ida Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov «o‘z g‘azabiga duchor bo‘lgani» haqida avvalroq paydo bo‘lgan xabarlarni rad etdi.
Lavrovning «g‘azabga duchor bo‘lgani» haqidagi da’volarni Rossiya prezidenti «bema’nilik» deb atadi.
«U hech qanday g‘azabga duchor bo‘lmadi, uning o‘z ish jadvali bor. U menga nima bilan soat nechada shug‘ullanishini aytdi. U shu ish bilan shug‘ullanadi. Amerikalik hamkorlar bilan uchrashuvga tayyorlanmoqda», dedi Putin.
2025 yil noyabr oyida bir qator ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov go‘yoki Vladimir Putinning «g‘azabiga uchragani» haqida mish-mishlar paydo bo‘ldi. Ba’zi ekspertlar buni Rossiya Tashqi ishlar vazirligining bo‘lajak «tinchlik muzokaralariga» «qayta shakllanishi» bilan bog‘ladi.
Mavzuga oid
10:02 / 13.06.2026
Ukraina armiyasida keng ko‘lamli islohotlar boshlandi
18:11 / 12.06.2026
Uzbekistan Airways yonilg‘i tanqisligi tufayli O‘zbekistondan Rossiyaga ayrim parvozlarni qisqartiradi
17:21 / 12.06.2026
Rossiya–Ukraina urushida front chizig‘i: tashabbus kim tomonda?
09:35 / 12.06.2026