Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp Putin yolg‘onchilikda ayblangan maqolani repost qildi
New York Post gazetasi maqolasida Rossiya «tinchlik muzokaralarini buzish uchun Putin qarorgohiga dron hujumi voqeasini o‘ylab topgani» haqida so‘z boradi.
AQSh prezidenti Donald Tramp Truth Social ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida Rossiya prezidenti Vladimir Putin yolg‘onchilikda ayblangani haqidagi maqolani repost qildi.
New York Post gazetasi maqolasida Vladimir Putin va Rossiyaning harakatlarini keskin tanqid qilingan. Jumladan, Rossiya tinchlik muzokaralarini buzish uchun Putin qarorgohiga «dron hujumi» voqeasini o‘ylab topgani, Putin Ukrainada tinchlikka erishish yo‘lida to‘g‘anoq bo‘lib turgani, Moskva tajovuzni davom ettirayotgani va boshqa avtoritar rejimlarni (masalan, Eronni) qo‘llab-quvvatlayotgani ta’kidlangan va Rossiyaga nisbatan xalqaro bosimni kuchaytirishga chaqirilgan.

NYP maqolasida aytilishicha, «dron hujumi, ehtimol, hech qachon bo‘lmagan. Zelenskiy buni qat’iyan rad etdi. Peskov rossiyaliklar hech qanday dalil keltira olmasligini aytdi va matbuotni «shunchaki bunga ishonishga» chaqirdi. «Yo‘q, bunday qilmaymiz», deb yozdi nashr.
Avvalroq, Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Ukrainani «Putinning qarorgohiga dron orqali hujum qilganlikda»da aybladi. Zelenskiy «bu navbatdagi yolg‘on va Kiyevga zarbalar berish uchun bahona» ekanini ma’lum qildi. Putin «bunday hujum» haqida Trampni xabardor qilgani ma’lum bo‘ldi. Amerika prezidenti esa «bu yomon ekani va hozir buning mavridi emasligi»ni bildirgan edi.
New York Post gazetasi ko‘p yillar davomida Trampga nisbatan xayrixohlik qilib keladi. Kuzatuvchilarning fikriga ko‘ra, AQSh prezidenti o‘z sharhini emas, balki repostni tanlagani siyosatchiga o‘z fikrini ommaga tarqatish, ammo manyovr uchun bo‘shliqni saqlab qolgan holda pozitsiyani belgilash imkonini beradi.
Mavzuga oid
23:32 / 02.04.2026
AQSh bosh prokurori Pem Bondi iste’foga chiqadi
23:13 / 02.04.2026
Erondagi eng katta ko‘prik AQSh va Isroil zarbasi oqibatida vayron bo‘ldi
21:32 / 02.04.2026
AQShda 51 yil avvalgi qotillik DNK texnologiyasi yordamida fosh etildi
21:19 / 02.04.2026