Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pensiyani naqd shaklga o‘tkazish osonlashdi
Pensionerlar uchun my.gov.uz sayti yoki MyGov ilovasidan foydalanib, pensiyani naqd shaklda olishga o‘tish imkoniyati yaratildi. Pensiya jamg‘armasiga ko‘ra, hozirda 4,2 million pensionerdan 3,8 million nafari (90 foizi) o‘z pensiyasini naqdsiz shaklda olmoqda.
O‘zbekistonda pensiyani naqd pul shaklida olishni onlayn tarzda tanlash imkoniyati yaratildi. Bu haqda Pensiya jamg‘armasi xabar bermoqda.
Bundan buyon fuqarolar Yagona portal – my.gov.uz sayti yoki MyGov ilovasi orqali “Pensiya to‘lovini naqd shaklga o‘tkazish” xizmatidan foydalanishi mumkin.
Pensiya jamg‘armasi ma’lumotiga ko‘ra, 2026 yil yanvar oyi holatiga 4,2 million nafar pensionerdan 3,8 million nafari pensiyani naqdsiz shaklda, qariyb 400 ming nafari naqd pul shaklida oladi.
- 2022 yilda pensiya va nafaqani bank kartasi orqali oluvchilarning pensiya va nafaqasi 1 foizga oshirilgan, bu orqali ularga pullarini bankomatdan yo‘qotishlarsiz naqdlashtirib olish imkoniyati yaratilgan.
- 2023 yilda naqd shaklda pensiya tarqatishda barmoq izi, 2025 yildan esa Face-ID texnologiyasi qo‘llana boshlagan edi.
Mavzuga oid
09:54 / 17.07.2026
O‘zbekistonda davlat xizmatlari tizimi yanada soddalashtiriladi
18:50 / 16.07.2026
Avtomobil va ko‘chmas mulkni sotish yo garovga qo‘yishni MyGov orqali taqiqlash imkoniyati yaratiladi
11:56 / 06.06.2026
Qurilishga ruxsat olishda bir nechta davlat xizmatlari birlashtiriladi
15:51 / 12.05.2026