“Davlat pensiyalarini tölaş jarayoniga zamonaviy axborot texnologiyalarini keng joriy etiş orqali aholiga körsatilayotgan xizmatlar sifatini oşirişga qaratilgan qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi hukumat qarori loyihasi e’lon qilindi.
Belgilanişiça:
- 2023 yil 1 noyabrdan boşlab aksiyadorlik tijorat “Xalq banki” sayyor kassalari tomonidan maxsus planşetlarda fuqarolarning barmoq izi ma’lumotlarini Adliya vazirligi huzuridagi Personallaştiriş agentligiga elektron sörov yuboriş orqali özaro mos kelgani tasdiqlanganidan söng naqd pul şaklida pensiya va nafaqa tölaş tizimi joriy etiladi;
- respublikaning toğli va olis hududlarida internet tezligi yoki boşqa muammolar sababli pensiya oluvçining barmoq izlarini elektron şaklda soliştiriş imkoniyati bölmaganda hamda örnatilgan tartibda rasmiylaştirilgan işonçnoma orqali boşqa şaxsga tölanayotganda naqd pul şaklda pensiya va nafaqalar tölov qaydnomalarini imzolaş orqali amalga oşiriladi.
Raqamli texnologiyalar vazirligi, Adliya vazirligi va “Kiberxavfsizlik markazi” davlat unitar korxonasi Markaziy bank bilan hamkorlikda:
- Adliya vazirligi huzuridagi Personallaştiriş agentligi va aksiyadorlik tijorat “Xalq banki” axborot tizimlarini özaro integratsiya qiladi;
- aksiyadorlik tijorat “Xalq banki” tomonidan pensiya va nafaqa oluvçilarning barmoq izi elektron ma’lumotlarini soliştiriş imkoniyati mavjud maxsus planşetlarni xarid qilişga amaliy yordam körsatadi.












