Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Avariyani ham to‘xtatamiz» – Shavkat Mirziyoyev Boysundagi kon haqida
Shavkat Mirziyoyev Boysundagi «Mustaqillikning 25 yilligi» konida yuz bergan avariyani to‘xtatish bo‘yicha ilmiy yechim topilganini ma’lum qildi.
Foto: Videodan kadr
Prezident Shavkat Mirziyoyev Surxondaryo viloyati Boysun tumanidagi «Mustaqillikning 25 yilligi» konida yuz bergan avariya to‘xtatilishi ma’lum qildi.
Viloyat hokimligida bo‘lib o‘tayotgan yig‘ilishda «Mustaqillikning 25 yilligi» yirik gazni qayta ishlash majmuasidagi texnologik murakkab masalaga hamkorlar bilan ilmiy yechim topilgani qayd etildi.
«Biz avariyani ham to‘xtatamiz, Surxondaryo iqtisodiyotiga katta turtki beradigan loyihani ham boshlaymiz», – dedi prezident.
Yig‘ilishda viloyatning Muzrabot, Oltinsoy, Angor, Qiziriq va Boysun tumanlari markazlariga kanalizatsiya tizimini olib borish bo‘yicha loyiha ishlari boshlanishi belgilangan.
Kofrundagi kon voqeasi
2024 yilning 1 sentabr kuni Boysun tumani Kofrun shaharchasi tarkibidagi «Ko‘lqamish» MFY hududida joylashgan «Mustaqillikning 25 yilligi» (M-25) gaz koniga qarashli 604-quduqda burg‘ilash ishlari vaqtida vodorod sulfidi (oltingugurt) gazi sizib chiqa boshlagan, 2 sentabr kuni Kofrun aholisi evakuatsiya qilingan edi.
Ammo konni yopishning imkoni bo‘lmadi, 17 sentabr kuni navbatdagi avariya ro‘y berib, 4 kishi halok bo‘lib, 11 kishi jarohatlangan.
2025 yil 27 mart kuni konda yana portlash bo‘ldi. Energetika vazirligi tabiatga ziyon yetkazmaslik va havo ifloslanishining oldini olish maqsadida quduq yoqib qo‘yilganini ma’lum qilgan.
24 aprel kuni telegram-kanallarda gaz chiqayotgan 202-quduqning tuynugi o‘z-o‘zidan yopilib qolgani haqida video tarqalgan. 5 may kuni ushbu quduqda takroriy portlash yuz bergan.
Mavzuga oid
12:44
Surxondaryoda quyoshda isitiladigan 1 ming gektar issiqxona barpo etiladi
11:53
Termiz va yana 5 hudud “kambag‘allik va ishsizlikdan xoli” bo‘lishi kerak - prezident
11:52
Shavkat Mirziyoyev: “Surxonni rivojlantirish Yangi O‘zbekiston tayanchini mustahkamlaydi”
21:27 / 26.02.2026