Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
2000 yildan beri temiryo‘lda yo‘lovchi tashish qanday o‘zgardi?
O‘zbekistonda temiryo‘l transporti orqali tashilgan yo‘lovchilar soni so‘nggi 25 yil davomida sezilarli o‘zgarishlarni boshdan kechirdi. Ayniqsa, 2020 yilda keskin pasayish kuzatilgan bo‘lsa, keyingi yillarda ko‘rsatkichlar bosqichma-bosqich tiklanmoqda.
Foto: Transport vazirligi
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yilda temiryo‘l transportida 10,5 mln nafar yo‘lovchi tashilgan. Bu esa 2000 yildagi 14,6 mln nafar ko‘rsatkichga nisbatan qariyb 4,1 mln nafarga kam.
Yillar kesimida ko‘rsatkichlar turlicha shakllangan. Jumladan, 2005 yilda 15,1 mln nafar, 2010 yilda 14,5 mln nafar yo‘lovchi tashilgan. 2015 yilda esa eng yuqori ko‘rsatkich qayd etilib, 20,1 mln nafarni tashkil etgan.
2020 yilda pandemiya ta’sirida yo‘lovchilar soni keskin tushib, 6,2 mln nafargacha kamaygan. Keyingi yillarda esa tiklanish kuzatilib, 2021 yilda 7,9 mln, 2022 yilda 9 mln, 2023 yilda 9,6 mln va 2024 yilda 9,8 mln nafar yo‘lovchi tashilgan.
2025 yildagi 10,5 mlnlik ko‘rsatkich tiklanish jarayoni davom etayotganini ko‘rsatadi, biroq u hali 2000 yil boshidagi darajaga yetgani yo‘q.
Mavzuga oid
14:40 / 21.03.2026
Ikki oyda 1 mlndan ziyod o‘zbekistonliklar chet elga safar qildi
10:46 / 21.03.2026
O‘zbekistonda moliyaviy xizmatlar hajmi 20 foizga oshdi
12:12 / 20.03.2026
“Afrosiyob” poyezdlari Shahrisabzga haftasiga 3 marta qatnay boshlaydi
11:22 / 20.03.2026