Milliy statistika qömitasi ma’lumotlariga köra, 2025 yilda temiryöl transportida 10,5 mln nafar yölovçi taşilgan. Bu esa 2000 yildagi 14,6 mln nafar körsatkiçga nisbatan qariyb 4,1 mln nafarga kam.

Yillar kesimida körsatkiçlar turliça şakllangan. Jumladan, 2005 yilda 15,1 mln nafar, 2010 yilda 14,5 mln nafar yölovçi taşilgan. 2015 yilda esa eng yuqori körsatkiç qayd etilib, 20,1 mln nafarni taşkil etgan.

2020 yilda pandemiya ta’sirida yölovçilar soni keskin tuşib, 6,2 mln nafargaça kamaygan. Keyingi yillarda esa tiklaniş kuzatilib, 2021 yilda 7,9 mln, 2022 yilda 9 mln, 2023 yilda 9,6 mln va 2024 yilda 9,8 mln nafar yölovçi taşilgan.

2025 yildagi 10,5 mlnlik körsatkiç tiklaniş jarayoni davom etayotganini körsatadi, biroq u hali 2000 yil boşidagi darajaga yetgani yöq.