Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Portlovchi materiallarni temiryo‘lda tashish tartibi belgilanmoqda
O‘zbekiston hududida portlovchi materiallarni temiryo‘l transportida tashish qoidalari loyihasi ishlab chiqildi. Hujjatda korxona, tashkilot va muassasalar tomonidan portlovchi moddalar, materiallar va ulardan foydalanilgan buyumlar, shuningdek sanoat maqsadlarida qo‘llaniladigan portlatish vositalarini tashish tartibi belgilanmoqda.
Foto: iStock
Loyihaga ko‘ra, temiryo‘l orqali faqat maxsus ro‘yxatga kiritilgan portlovchi materiallarni tashishga ruxsat beriladi. Bunda ularni yo‘lovchi, pochta-bagaj va odam tashuvchi poyezdlarda, shuningdek ayrim turdagi xavfli yuklar bilan bir tarkibda tashish taqiqlanadi.
Hujjatda portlovchi materiallarni tashish uchun ruxsatnoma asosida maxsus vagonlar va konteynerlardan foydalanish, ularni Ichki ishlar vazirligi bo‘linmalarining qurolli qo‘riqlovi ostida tashish talabi nazarda tutilgan. Marshrutlar esa imkoniyat qadar yirik aholi punktlari va uzel stansiyalarini chetlab o‘tadigan tarzda ishlab chiqilishi belgilanmoqda.
Qoidalar loyihasida yukni tayyorlash, qadoqlash va markirovka qilish, tashish hujjatlarini rasmiylashtirish, vagonlarni texnik va tijoriy ko‘rikdan o‘tkazish, yuklash-tushirish ishlarini tashkil etish, manyovr va qo‘riqlash tartiblari ham batafsil belgilangan.
Shuningdek, portlovchi materiallar bilan ishlaydigan xodimlar uchun muntazam yo‘riqnoma o‘tkazish, maxsus xavfsizlik choralariga qat’iy rioya qilish, avariya holatlarida amal qilinishi lozim bo‘lgan tartiblar va yong‘inga qarshi talablar ham loyihadan o‘rin olgan.
Hujjatda belgilanishicha, ushbu qoidalar talablarini buzgan shaxslar amaldagi qonunchilikka muvofiq javobgarlikka tortiladi.
Mavzuga oid
17:15
Germaniyada temiryo‘lga qo‘yilgan beton plitalar poyezd avariyasiga sabab bo‘ldi
08:22
2000 yildan beri temiryo‘lda yo‘lovchi tashish qanday o‘zgardi?
12:12 / 20.03.2026
“Afrosiyob” poyezdlari Shahrisabzga haftasiga 3 marta qatnay boshlaydi
09:28 / 25.02.2026