Loyihaga köra, temiryöl orqali faqat maxsus röyxatga kiritilgan portlovçi materiallarni taşişga ruxsat beriladi. Bunda ularni yölovçi, poçta-bagaj va odam taşuvçi poyezdlarda, şuningdek ayrim turdagi xavfli yuklar bilan bir tarkibda taşiş taqiqlanadi.
Hujjatda portlovçi materiallarni taşiş uçun ruxsatnoma asosida maxsus vagonlar va konteynerlardan foydalaniş, ularni Içki işlar vazirligi bölinmalarining qurolli qöriqlovi ostida taşiş talabi nazarda tutilgan. Marşrutlar esa imkoniyat qadar yirik aholi punktlari va uzel stansiyalarini çetlab ötadigan tarzda işlab çiqilişi belgilanmoqda.
Qoidalar loyihasida yukni tayyorlaş, qadoqlaş va markirovka qiliş, taşiş hujjatlarini rasmiylaştiriş, vagonlarni texnik va tijoriy körikdan ötkaziş, yuklaş-tuşiriş işlarini taşkil etiş, manyovr va qöriqlaş tartiblari ham batafsil belgilangan.
Şuningdek, portlovçi materiallar bilan işlaydigan xodimlar uçun muntazam yöriqnoma ötkaziş, maxsus xavfsizlik çoralariga qat’iy rioya qiliş, avariya holatlarida amal qilinişi lozim bölgan tartiblar va yonğinga qarşi talablar ham loyihadan örin olgan.
Hujjatda belgilanişiça, uşbu qoidalar talablarini buzgan şaxslar amaldagi qonunçilikka muvofiq javobgarlikka tortiladi.

















