Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Foto: 1913 yilgi Qo‘qon manzaralari
Rossiya imperiyasining Turkiston istilosini deyarli yakuniga yetkazgan voqea – Qo‘qon xonligining bosib olinganiga 150 yil to‘ldi.
V.V.Sapojnikov olgan surat. Tarmoqqa Iskandar Madg‘oziyev tomonidan joylangan
Andijon viloyat tarix va madaniyat davlat muzeyi bo‘lim mudiri Iskandar Madg‘oziyev o‘z Telegram-kanalida Qo‘qon shahrining 1913 yilgi suratlarini e’lon qildi.
Bu fotolar V.V.Sapojnikov tomonidan olingan.



Ma’lumot uchun, Qo‘qon shahri – 1709-1876 yillarda mavjud bo‘lgan Qo‘qon xonligining poytaxti edi. Rossiya imperiyasi 1868 yilda Buxoro amirligi, 1873 yilda Xiva xonligini bosib olganidan keyin, 1876 yilda Qo‘qon xonligini ham egallaydi.
Qo‘qonga bosqin o‘sha yili 1 mart kuni qo‘zg‘olonchilar yetakchisi Po‘latxon Marg‘ilonda dorga osilishi bilan yakuniga yetadi. Xonlik tugatilib, o‘rniga Farg‘ona viloyati tashkil etiladi.
Kun.uz avvalroq Qo‘qon xonligining yiqitilishi, Xudoyorxonning fon Kaufman bilan kelishuvi va Po‘latxon qo‘zg‘oloni haqida batafsil hikoya qilgan edi.


Mavzuga oid
14:12 / 17.03.2026
Qo‘qonning “Tayson”i: Farg‘onada erkak bozor nazoratchisining qulog‘ini tishlab, uzib olgani uchun qamaldi
15:27 / 10.03.2026
Onaning tushi orqali ochilgan Qo‘qondagi qotillik ishida hukm o‘qildi
10:33 / 26.02.2026
Qo‘qondagi uyda portlash yuzasidan jinoyat ishi ochildi
15:37 / 25.02.2026