O‘zbekiston | 20:24 / 05.05.2026
6710
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda sog‘liqni saqlash vaziri almashdi

Prezident administratsiyasida ishlab kelgan Eldor Odilov sog‘liqni saqlash vaziri etib tayinlandi. 2024 yil yanvaridan buyon SSVni boshqarib kelgan Asilbek Xudoyorov lavozimini tark etdi.

Eldor Odilov / Foto: Prezident matbuot xizmati

Asilbek Anvarovich Xudoyorov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vaziri lavozimidan ozod etildi. U vazirlikni 2024 yil yanvar oyidan buyon boshqarib kelayotgan edi.

Prezident matbuot xizmati xabariga ko‘ra, Xudoyorov o‘rniga Eldor Erkinovich Odilov O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vaziri etib tayinlangan.

Odilov bunga qadar Prezident administratsiyasi Huquqiy ekspertiza va kompleks tahlil qilish departamenti sho‘ba mudiri lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Xabarda aytilishicha, vazirlikka uning nomzodini avvalroq Qonunchilik palatasi deputatlari ma’qullagan.

Комрон Чегабоев
Tayyorlagan Комрон Чегабоев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid