22 Dekabr

Nukus tumanidagi 2 ta maktab ta’mirlanishida 137 mln so‘m budjet mablag‘i talon-toroj qilingan. Bu haqda "Huquq" gazetasi xabar bermoqda.

20 Dekabr

Qoraqalpog‘iston Respublikasi sog‘liqni saqlash tizimida bugungi kunga qadar 15 ta yangi tibbiyot muassasasi qurildi va yana 10 ta muassasa o‘z faoliyatini kengaytirdi. Bu haqda Vazirlar kengashi raisi Qahramon Sariyev tomonidan ma’lum qilindi.

«O‘zgidromet» 21 dekabr kuni ayrim hududlarda chang bo‘roni kuzatilishi mumkinligidan ogohlantirdi.

18 Dekabr

Ijtimoiy tarmoqda Qoraqalpog‘istonda YPX xodimi haqoratli so‘zlarni aytgani aks etgan video tarqaldi. Tasvirda voqea Chimboydagi mashina yuvish shoxobchalarining birida bo‘lganini ko‘rish mumkin. Unda YPX xodimi navbatsiz xizmat mashinasini yuvdirmoqchi bo‘lganini ko‘rish mumkin.

Bir muddat oldin Nukusda YPX xodimi mastlikni aniqlash uchun o‘zining telpagidan foydalangandi. O‘shanda unga xizmat tekshiruvi tayinlangandi. Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasining ma’lum qilishicha, YPX xodimiga chora ko‘rilgan.

17 Dekabr

108 million dollarlik loyihani Saudiya Arabistonining “ACWA Power” kompaniyasi amalga oshiradi.

Bir muddat oldin Maktabgacha ta’lim vazirligi axborot xizmati rahbari Mavluda Asqarxo‘jayeva Qoraqalpog‘istondagi 76 ta xususiy bog‘cha issiqlik tizimidagi muammolar sabab yopilgani haqida xabar bergandi. Holat yuzasidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi maktabgacha ta’lim vazirligi rasmiy munosabat bildirdi.

16 Dekabr

Qoraqalpog‘istonda mahkumni ozodlikka chiqarib bermoqchi bo‘lgan firibgar qo‘lga olingan. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.

15 Dekabr

O‘zbekistonning AQShdagi elchisi Javlon Vahobov va Qoraqalpog‘iston Respublikasi sog‘liqni saqlash vaziri Murod Qurbonov Nukusda amerikalik sheriklar bilan hamkorlikda gumanitar loyihalarni amalga oshirishni muhokama qildi.

«Yoshlik» jismoniy tarbiya va sport jamiyati Qoraqalpog‘iston mintaqaviy bo‘limiga o‘quvchilar hamda o‘qituvchilardan majburiy ravishda a’zolik badali yig‘ilayotgani aytilmoqda. Nukus shahar XTB mudiri bu borada buyruq ham chiqargan. Qizig‘i, mudirning mazkur buyrug‘ida «ixtiyoriy» so‘zi negadir «unutib qoldirilgan».

14 Dekabr

O‘tkazilgan tekshiruvda mazkur ov sababli hayvonot dunyosiga 190 mln 350 ming so‘mlik moddiy zarar yetkazilgani aniqlandi.

Taxtako‘pir tumanida 14 bosh jayron va 5 dona yovvoyi quyonlarni ovlagan brakonerlar qidirilmoqda. Bu haqda Qoraqalpog‘iston Respublikasi ekologiya qo‘mitasi xabar berdi.

Ko`proq yangiliklar
Top