Qoraqalpoğistonda mahkumni ozodlikka çiqarib bermoqçi bölgan firibgar qölga olingan. Bu haqda Boş prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti xabar bermoqda.

Ma’lum bölişiça, departamentning Qönğirot tuman bölimi DXX hamda IIB hamkorlikda tezkor tadbir ötkazgan.

Unda tuman tibbiyot birlaşmasi hamşirasi Ş.A. manzil koloniyasida jazo muddatini ötayotgan mahkum F.ning işonçiga kirib, uni yuqori lavozimda işlovçi tanişlari orqali 10 ming AQŞ dollari evaziga muddatidan oldin ozodlikka çiqarib berişga kelişgan.

Şu maqsadda mahkumdan 5 ming AQŞ dollarini olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 211-moddasi (pora beriş) bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari ötkazilmoqda.

Bundan oldin Törtkölda tadbirkor böliş istagida bölgan fuqarodan 7 ming dollar talab qilgan firibgar uşlangandi.