Serbiya Ğarb davlatlariga qurol sotişni çeklamoqçi emas, u Ukrainaga harbiy yordam sifatida yuborilişi mumkin. Bu haqda 25 iyun, seşanba kuni boş vazir Miloş Vuçeviç AFP agentligiga bergan intervyusida ma’lum qildi.
Hukmron Serbiya progressiv partiyasi (SPP) rahbari bölgan boş vazir Belgrad Ukrainadagi «har qanday urişayotgan tomonga» yordam beriş niyatida emasligini ta’kidladi. «Men kompaniyalarning öq-dorilarimizni Ispaniya, Çexiya va AQŞga sotişiga tösqinlik qilmoqçi emasman, çunki qurol va öq-dorilarni işlab çiqariş biz uçun taqiqlangan va axloqsiz narsa emas. Afsuski, ular uruş bor joyda ham qöllanyapti», - deya tuşuntirdi Vuçeviç.
Kiyev Serbiyadan 800 mln yevrolik öq-dorilar oldi
Financial Times gazetasi yozişiça, Rossiyaning Ukrainaga keng kölamli hujumi boşlanganidan beri Kiyev uçinçi davlatlar orqali Serbiyadan 800 million yevroga yaqin qiymatdagi öq-dorilarni olgan.
Serbiya prezidenti Aleksandar Vuçiç bu taxminni «umuman olganda, töğri» deb atadi va bu miqdor «ikki yoki uç yildagi körsatkiç» ekanini aytdi. Şu bilan birga, u Serbiya Rossiya va Ukraina örtasidagi uruşda heç kim tomonida emasligini, öq-dorilar savdosi mamlakatning «iqtisodiy tiklanişi bir qismi» ekanini ta’kidladi.








