Qoraqalpoğistonda “Qizil kitob”ga kiritilgan 14 boş jayron va 5 dona yovvoyi quyon ovlagan 4 nafar şaxsga nisbatan jinoyat işi qözğatildi. Bu haqda boş prokuror matbuot kotibi Hayot Şamsutdinov telegramdagi kanalida xabar berdi.
Ötkazilgan tekşiruvga köra, Özbekiston hayvonot dunyosiga 190 mln 350 ming sömlik moddiy zarar yetkazilgani aniqlangan.
“Mazkur holat yuzasidan tört nafar şaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 202-moddasi 3-qismi “ye” va “j” bandlari (hayvonot yoki ösimlik dunyosidan foydalaniş tartibini buziş) bilan jinoyat işi qözğatildi. Tergov harakatlari olib borilmoqda”, deb yozadi boş prokuror matbuot kotibi.
Avvalroq, mazkur voqea 12 dekabr kuni yuz bergani, kamyob hayvonlarni ovlagan brakonerlar qoçib ketgani va ular qidiruvda ekani xabar qilingandi. Şuningdek, holat yuzasidan Orol tabiatni muhofaza qiliş prokuraturasi tergovga qadar tekşiriş harakatlari olib borayotgani bildirilgan.
Eslatib ötamiz, bundan oldin Ustyurt tekisligida 11 boş jayronni ovlagan brakonerlar 4 yil muddatga qamalgandi.

















