Strasburgdagi Inson huquqlari böyiça Yevropa sudi (IHeS) katta palatasi Rossiyani Qrimda 2014 yil fevralidan beri Inson huquqlari böyiça Yevropa konvensiyasini ommaviy va muntazam ravişda buzganlikda aybdor deb topdi. IHeS öz qarorini 25 iyun, seşanba kuni e’lon qildi.

Rossiya IHeSdagi eşituvlarni boykot qildi

Ukrainaning Rossiyaga qarşi davlatlararo işi böyiça eşituvlar 2023 yil dekabrida boşlangan. Yarimorol Moskva nazoratida bölgani uçun Rossiya mustaqil jurnalistlar, faollar, qrim-tatar hamjamiyati a’zolari va Rossiyaning Qrimni egallaşiga qarşi çiqqan ukrainaliklar huquqlari buzilgani uçun javobgarlikka tortilişi kerak, dedi Ukraina vakillari sudda. 2020 yil dekabrida IHeS Rossiya yarimorol hududlarini 2014 yil 27 fevraldan buyon nazorat qilayotganini tan oldi va işni körib çiqişga qabul qildi.

«Qrim işi» soxta işlar böyiça ukrainalik «mahkumlar»ni Rossiyaga deportatsiya qiliş, şuningdek, Ukraina va Rossiyada ukrainalik siyosiy mahbuslarni ta’qib qiliş bilan boğliq, deb xabar qildi sud matbuot xizmati. 

Sud raisi Siofra ÖLiri sud majlislarida ta’kidlaganidek, sud muhokamasi davomida Rossiya tomoni xatlarga javob bermadi va Ukraina taqdim etgan dalillarga izoh bermadi, şuning uçun IHeS «Qrim işi» böyiça sud majlislarini Rossiya iştirokisiz ötkazdi.

Rossiyaning Yevropa kengaşidan çiqarib yuborilişi 

Ukrainaga qarşi uruş tufayli Rossiya 2022 yil 16 martda Yevropa kengaşidan çiqarildi. 2022 yil 16 sentabrda olti oylik ötiş davri tugaganidan söng, Rossiya Federatsiyasi Inson huquqlari böyiça Yevropa konvensiyasiga a’zo bölişni rasman töxtatdi. Biroq, IHeS Rossiyaga qarşi berilgan arizalar 2022 yil 16 sentabrgaça sodir bölgan voqealar bilan boğliq bölsa, ularni körib çiqiş vakolatini özida saqlab qoldi.

2022 yil may oyida Rossiya Federatsiyasi Davlat dumasi birinçi öqişda qonun hujjatlariga özgartişlarni qabul qildi, ularga köra 2022 yil 16 martdan keyin qabul qilingan IHeS qarorlari Rossiyada ijro etilişi şart emas.