Taxtaköpir tumanida 14 boş jayron va 5 dona yovvoyi quyonlarni ovlagan brakonerlar qidirilmoqda. Bu haqda Qoraqalpoğiston Respublikasi ekologiya qömitasi xabar berdi.
Ma’lum bölişiça, 12 dekabr kuni Ekologiya qömitasining Nukus şahar, Taxiatoş, Taxtaköpir tumani inspektorlari Taxtaköpir tumanida tezkor reyd tadbirini ötkazgan. Unda soat taxminan 14:00larda Taxtaköpir tumani "Qonyratkol" OFY çöl hududida inspektorlar tomonidan noma’lum şaxslar “Uaz 469” rusumli rangi kulrang avtomaşina bilan turganligi aniqlangan.

Noma’lum şaxslar inspektorlarning yaqinlaşayotganligini körib, voqea joyidan yaşiringan. Inspektorlar noma’lum şaxslarning 5 km masofagaça izidan borgan. Şunga qaramay brakonerlar inspektorlardan qoçib ketişga ulgurgan.
Taxtaköpir tumani çöl zonasining “Tasbergen” kran atrofida inspektorlar tomonidan noma’lum şaxslar turgan joy közdan keçirilganda voqea joyiga otilgan patron gilzasi, idiş-tovoq, xöjalik buyumlari bölgan piçoq, bolta, yoqilği, kiyim-boşlar hamda “Qizil kitob”ga kiritilgan 14 boş jayron, 5 dona yovvoyi quyon jasadlari taşlab ketilgani aniqlangan.

Davlat inspektorlari tomonidan uşbu holat yuzasidan tegişli tartibda dalolatnoma tuzilib, voqea joyi videotasvirga olingan.
Mazkur holat yuzasidan Orol tabiatni muhofaza qiliş prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekşiriş harakatlari olib borilmoqda.
Bundan oldin Ustyurt tekisligida 11 boş jayronni ovlagan brakonerlar 4 yil muddatga qamalgandi.

















