18-21 iyun kunlari London şahrida Özbekiston elçixonasi Britaniya Biznes va savdo vazirligi kömagida roud-şou ötkazdi.
"Dunyo" xabariga köra, London fond birjasida bölib ötgan tadbir davomida Britaniya tomoniga Özbekistondagi yirik davlat korxonalarini xususiylaştiriş va transformatsiya qiliş sohasida hamkorlik, jumladan, aksiyalarni birlamçi (IPO) va ikkilamçi (SPO) joylaştiriş masalalari yuzasidan taqdimotlar ötkazildi.
Britaniyaning Franklin Templeton Investmens kompaniyasi bilan özaro fondlar taşkil etiş, individual boşqaruv portfellarini şakllantiriş, iqtisodiyot tarmoqlaridagi korxonalarning quvvatlarini kengaytiriş hamda uskunalarni modernizatsiya qiliş uçun uzoq muddatli moliyalaştiriş masalalari muhokama qilindi.
Britaniya tomoni Özbekiston bilan barqaror rivojlaniş va korporativ ijtimoiy mas’uliyat amaliyotlarini joriy etiş hamda Özbekistonda ekologik vaziyatni va ijtimoiy farovonlikni yaxşilaşga qaratilgan loyihalarga investitsiya kiritişni körib çiqişga tayyorligini bildirdi.
Ikki tomonlama uçraşuv davomida YuKIEF Britaniya Eksport-kredit agentligi Özbekistonda iqtisodiy sohada olib borilayotgan islohotlarni yuqori baholab, respublikada amalga oşirilayotgan infratuzilmaviy loyihalarga sarmoyalarni yönaltirişga tayyorligini tasdiqladi.








