27 Sentabr

Surxondaryo viloyati Uzun tumanida qarzdor ota farzandlariga aliment o‘rniga uy bergan. Bu haqda Kun.uz’ga MIB viloyat boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.

Surxondaryo viloyati Jarqo‘rg‘on tumanida fuqarolarning mashinasini olib ketib, pulini bermagan shaxsga jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.

26 Sentabr

Ijtimoiy tarmoqlarda Surxondaryo viloyatida joylashgan, Tojikistonni O‘zbekistonning boshqa hududlari bilan bog‘lashda muhim bo‘lgan davlat ahamiyatiga ega 4R100 va 4R105 avtomobil yo‘llari yomon holatda ekanligi haqida videomurojaat tarqaldi.

24 Sentabr

Surxondaryo viloyati Qumqo‘rg‘on tumanida mast holda mashina boshqarib Lasetti bilan YPX xodimlarini sudrab ketgan haydovchiga chora ko‘rilgan. Bu haqda viloyat IIB YHXB axborot xizmati xabar bermoqda.

Surxondaryo viloyatida joylashgan Ayritom chegara bojxona postida qo‘shni mamlakatdan kirib kelgan fuqaroning mashinasidan jangovar o‘q topilgan. Bu haqda Bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

23 Sentabr

Termiz shahrida xotinini rashk qilgan er unga pichoq bilan jarohat yetkazgan va o‘limiga sabab bo‘lgan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.

Surxondaryo viloyati Oltinsoy tumanida Neksiya-3 mashinasi 7 yoshli qizni urib yuborgan. Oqibatda, qiz vafot etgan. Bu haqda viloyat IIB YHXB axborot xizmati xabar bermoqda.

22 Sentabr

Surxondaryo viloyati Muzrabot tumanida qidiruvda bo‘lgan kombaynni berishni istamagan fuqaro MIB xodimlarini urib tan jarohati yetkazgan. Bu haqda Kun.uz’ga MIB viloyat boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.

O‘zbekistonga amaliy tashrif bilan kelgan Buyuk Britaniya mudofaa vazirining parlamentar o‘rinbosari, qurolli kuchlar vaziri Jyeyms Hippi Surxondaryoga borgan. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar bermoqda.

Surxondaryo viloyati Sho‘rchi tumanida Koreyaga o‘qishga yuborishini aytib fuqaroning pulini o‘zlashtirgan shaxsga jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Surxondaryo viloyati Qumqo‘rg‘on tumanida maktab hududida o‘sib turgan 53 tup terakni xo‘jalik ishlari mudiri noqonuniy kesgan. Bu haqda Surxondaryo viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi axborot xizmati xabar bermoqda.

21 Sentabr

Surxondaryo viloyati Jarqo‘rg‘on tumanida qidiruvdagi ota ushlanib, undan 82,5 million so‘m aliment undirilgan. Bu haqda MIB Surxondaryo viloyati boshqarmasi axborot xizmati Kun.uz’ga xabar berdi.

Ko`proq yangiliklar
Top