Surxondaryo viloyati Qumqörğon tumanida mast holda maşina boşqarib Lasetti bilan YPX xodimlarini sudrab ketgan haydovçiga çora körilgan. Bu haqda viloyat IIB YHXB axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma'lum qilinişiça, joriy yil 19 sentabr kuni soat taxminan 21:25larda Qumqörğon tumani Surxon sohili mahallasida tungi xizmatga jalb etilgan viloyat IIB YHXB YPXO 4-safarbar guruh inspektorlari aniq ma'lumotlarga tayanib mast holda boşqarib kelinayotgan «Lasetti» maşinasiga haydovçining holatini aniqlaş uçun töxtaş işorasini berişgan.

Ammo haydovçi inspektorlarning qonuniy talabini bajarmay qoçib ketişga uringan. Oldindan körilgan xavfsizlik çoralari sababli Lasetti töxtatilgan. Qumqörğon tumani Boboloçin mahallasida yaşovçi 1977 yilda tuğilgan haydovçi T.Ş. maşinadan tuşirilgan va holatini aniqlaş maqsadida Qumqörğon tumani tibbiyot birlaşmasiga olib borilgan.

Ötkazilgan tibbiy tekşiruv xulosasiga köra, haydovçi T.Ş. alkogol ta'sirida mast ekani tasdiqlangan.

Şundan söng haydovçiga nisbatan MJtKning 131-moddasi bilan UZ-20 01-312907 raqamli bayonnoma rasmiylaştirilib, «Lasetti» vaqtinça saqlaş uçun jarima maydoniga joylaştirilgan. Hozirda haydovçining sodir etgan huquqbuzarligiga oid materiallar jinoyat işlari böyiça Qumqörğon tuman sudiga yuborilgan.